Содержимое
Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi Senat huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nojo‘ya harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik va shilqimlik harakatlari hamda boshqa salbiy holatlari qonunan keskin bartaraf etish zarurligi tashabbusi ilgari surildi. Ishchi guruh 2022-yilning may-dekabr oylari davomida faoliyat olib borib, buning natijasida qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ko‘zda tutuvchi kompleks qonun loyihasi ishlab chiqildi. Senatning qonunchilik tashabbusi mavjud emasligi nuqtai nazaridan ushbu qonun loyihasi tegishli tartibda Hukumatga taqdim etildi (hozirda "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi regulation.uzda joylashtirilgan). Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti