Содержимое
15.11.2025 BTS Express Navoiyda: 2025 yil yakuni, 2026 yil rejalar va eng yaxshi xodimlar taqdirlandi! 2025 yil yakuni va 2026 yil rejalarini muhokama qilish hamda eng fidoyi xodimlar mehnatini taqdirlash tadbiri BTS Express tomonidan Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kompaniyaning yangiliklari, rivojlanish yo‘nalishlari va kelajak rejalariga doir ma’lumotlar taqdim etildi. 🌟 Eng yaxshi xodimlar va franshizalar e’tiroflandi: • Eng yaxshi xodim: Nazirova Jazira Esimovna • Eng yaxshi kuryer: Rizoyev Sultonbek Botir o‘g‘li • Eng yaxshi franshiza: Qiziltepa hududi 🏆 Taqdirlash marosimida esdalik sovg‘alari, minnatdorchilik xati va Media Park’dan vaucherlar xodimlarga topshirildi. BTS Express xodimlarining fidoyiligi va mehnati kompaniyaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu bilan birga, kelgusi yil uchun belgilangan rejalar barcha viloyatlar va bo‘limlarda amalga oshirilishi kafolatlanmoqda. 💼 BTS Express bilan ishlash – ishonch, tezkorlik va rivojlanish kafolatlangan!