TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← BTS Express | Official
BTS Express | Official avatar

TGINSIGHT POST

Post #1374

@expressbts

BTS Express | Official

Просмотры4,070Количество просмотров
Опубликован27 нояб.27.11.2025, 13:33
Содержимое поста

Содержимое

BTS Express Qozog‘istonda atigi 5 oy ichida tez sur’atlarda o‘sishni boshladi Qozog‘iston bozoriga yangi kirib kelgan BTS Express kompaniyasi atigi 5 oy ichida faoliyatini kengaytirib, logistika xizmatlarining ishonchli hamkori sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. Almata shahridagi markaziy ofisdan boshlab, butun Qozog‘iston bo‘ylab kompaniyaning xizmatlariga bo‘lgan talab kundan-kun oshib bormoqda. Bugungi kunda BTS Express quyidagi logistika yo‘nalishlari bo‘yicha faol xizmat ko‘rsatmoqda: 1️⃣ Almata shahridan butun Qozog‘iston bo‘ylab standart yetkazib berish xizmati. Mamlakat ichida tez, xavfsiz va barqaror logistika oqimini ta’minlaydi. 2️⃣ Kuryerlik dostavkasi. Shahar ichida tezkor yetkazib berish xizmatlari bizneslar va individual mijozlar uchun qulay yechimga aylandi. 3️⃣ 3PL xizmatlari va marketplace platformalari bilan hamkorlik. Qadoqlash, saqlash, yig‘ish va yetkazib berishni o‘z ichiga olgan to‘liq logistika jarayoni yo‘lga qo‘yildi. 4️⃣ 200 kg gacha bo‘lgan yuklarni Qozog‘iston bo‘ylab yetkazib berish. Keng ko‘lamli yuk tashish segmenti bo‘yicha xizmatlar tobora kengaymoqda. 5️⃣ 2 tonnagacha bo‘lgan yuklarni Almata shahri bo‘ylab yetkazib berish. Yirik yuklarni shahar ichida tez va ishonchli yetkazib berish imkoniyati ta’minlanmoqda. 6️⃣ Qozog‘iston–O‘zbekiston yo‘nalishida pochta va yuk almashinuvi. Ikki davlat o‘rtasida barqaror logistika yo‘nalishi shakllanib, mijozlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. 7️⃣ “Soatbay” dostavka xizmati (Pravilnoe pitanie). Zayavka kelishi bilan darhol amalga oshiriladigan tezkor yetkazib berish xizmati sog‘lom ovqatlanish brendlari orasida yuqori talabga ega bo‘lmoqda. BTS Express Qozog‘istondagi faoliyatini muntazam kengaytirib, logistika bozorida ishonchli, zamonaviy va tezkor xizmatlar bilan yetakchi o‘rinlarni egallashni maqsad qilgan.