TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← KIUT | Namangan rasmiy
KIUT | Namangan rasmiy avatar

TGINSIGHT POST

Post #5643

@kiut_nm

KIUT | Namangan rasmiy

Просмотры2,150Количество просмотров
Опубликован23 апр.23.04.2026, 08:55
Содержимое поста

Содержимое

#ijara_xonadonlari_nazoratda Ijarada turadigan talabalar holidan xabar olindi. Joriy yilning 22-aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi. Mazkur jarayonda filial direktorining maslahatchisi hamda tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etdi.Talabalar bilan individual va jamoaviy suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik hayoti, muammolari va takliflari tinglandi. Suhbatlar jarayonida talabalarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xususan, badiiy adabiyotlarni muntazam o‘qib borish, o‘z ustida ishlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganish ishlari talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi. Bizni kuzating👇 🌐Website I ✅Telegram I 🌐Instagram I 📹Youtube I