Содержимое
Nogironligi bor bolalarning onalari: ish va farzand parvarishi o‘rtasidagi muvozanatni izlash Nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ko‘pincha ish va oilaviy majburiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni topishda qiynalishadi. Italiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ularning boshqa onalarga nisbatan ishlash vaqti va daromadi 15% ga kamroq ekan. O‘zbekistonda shu yilning yanvaridan boshlab 19 ming nogironligi bor insonga uyda parvarish xizmatlari, 4 ming nafariga esa kunduzgi qatnov asosida qarash tashkil etilishi ma’lum qilingan edi. Xususiy sektorga parvarish xarajatlarining 80% i davlat tomonidan to‘lab berilishi aytilgan. Biroq bu - sohadagi barcha muammolar hal bo‘ldi degani emas. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan farzandlarning ota-onalari, ayniqsa onalar duch kelayotgan qiyinchiliklar, ularning bandligi, daromadi va ruhiy holatiga doir chuqur tadqiqotlar yo‘q. Biz O‘zbekistonda nogironligi bor bolalarni parvarish qilayotgan ota-onalarning yo‘qotilgan daromadini qoplaydigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari mavjudligi haqida tegishli idoralarga so‘rovnomalar yubordik. 🌐Batafsil o‘qish #InklyuzivJamiyat#FCDO#EGED#MJDC