TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Центр развития современной журналистики
Центр развития современной журналистики avatar

TGINSIGHT POST

Post #2972

@mjdc_uz

Центр развития современной журналистики

Просмотры326Количество просмотров
Опубликован7 нояб.07.11.2025, 11:57
Содержимое поста

Содержимое

Iqtisodiy jurnalistika akseleratori yakunlandi! 📊 "Ilg‘or ma’lumotlar jurnalistikasiga yo‘l 2.0 - Qayta yuklash" dasturining uch kunlik qizg‘in marafoniga yakun yasaldi. Bu kunlar nafaqat yangi bilimlar, balki amaliy natijalar va yangi hamkorliklar bilan yodda qoldi. Uchinchi kun qanday o'tdi? Bugun, yakuniy kunda, ishtirokchilar nazariyani amaliyot bilan to‘liq birlashtirdilar. Ular ma'lumotlarni vizualizatsiya qilishning asosiy qoidalarini o'rganish bilan birga, Datawrapper va Flourish.Studio kabi ilg'or vositalarda ishlashni amalda sinab ko'rishdi; 🏆 Pitching va yangi loyihalar Kunning kulminatsiyasi — "Jurnalist + tahlilchi/iqtisodchi" juftligidagi 10 ta jamoaning pitching sessiyalari bo'ldi. Ishtirokchilar uch kun davomida to'plagan bilimlari va tahlillari asosida o'zlarining data-loyihalarini taqdim etdilar. Bu loyihalar shunchaki mashq emas, balki jamiyatimiz uchun dolzarb bo'lgan quyidagi yo'nalishlarga qaratildi: • Byudjetlar va davlat xaridlari: Davlat pullari qanchalik shaffof va samarali sarflanayotgani tahlili; • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va davlat-biznes hamkorligi; • Shahar va qishloq o‘rtasidagi tafovut: Hududlardagi turmush darajasi va xizmatlardan foydalanishdagi tengsizlik muammolari. ⚡ Jamoalar pitching uchun jurnalistik surishtiruvlarga asos bo'ladigan o'tkir mavzularni tanlashdi. Ular ma'lumotlarga asoslanib, "Poytaxt va viloyatlardagi ta'lim olish imkoniyatlaridagi tafovutlar" , "Davlat tuzilmalarini raqamlashtirish bo'yicha tenderlar" va "Davlat bog'chalarida ovqatdan zaharlanish sabablari" kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolar haqida professional materiallar yaratishni reja qilishdi. Barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Eng yaxshi 5 ta loyiha esa tez orada aniqlanib, mualliflarga o'z data-hikoyalarini tayyorlash, milliy va mintaqaviy OAVda e'lon qilishlari uchun stipendiya va mentor ko‘magi beriladi. 📸 Jarayondan suratlar #IqtisodiyJurnalistika#DataAccelerator#MJDC#EGED#FCDO#DPI