TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Центр развития современной журналистики
Центр развития современной журналистики avatar

TGINSIGHT POST

Post #2999

@mjdc_uz

Центр развития современной журналистики

Просмотры288Количество просмотров
Опубликован13 нояб.13.11.2025, 07:55
Содержимое поста

Содержимое

“Cho‘lpon” mahallasi aholisi ekologik xulosa olinmasdan turib boshlangan ma’muriyat binosining qayta qurilishiga qarshi sudda e’tiroz bildirmoqda Toshkentning Yashnobod tumanidagi "Cho‘lpon" mahallasi aholisi mahalla ma’muriyati binosining rekonstruksiya qilinishi yuzasidan sudga murojaat qildi. Mahalliy aholi vakillari "Royal Residence" kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlariga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, mahalla binosi o‘rniga ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, eski binoni buzish va yangisini qurish ishlari iyul oyida boshlangan, biroq kompaniya sentyabr oyi o‘rtalaridagina ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olgan. Aholining aytishicha, qurilish uchun mahalliy aholi roziligi olinmagan ekan. Biroq sudga taqdim etilgan yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra, fuqarolar va mahalla faollari qurilishni ma’qullagan. Murojaatchilar ta’kidlashicha, ekologik ekspertiza xulosasida daraxtlar saqlab qolinishi kafolatlangan bo‘lsa-da, daraxtlar kesilgan ekan. 🌐 Batafsil o‘qish #Mahalla#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC