← Π¦Π΅Π½Ρ‚Ρ€ развития соврСмСнной Турналистики
Π¦Π΅Π½Ρ‚Ρ€ развития соврСмСнной Турналистики avatar

TGINSIGHT POST

Post #3290

@mjdc_uz

Π¦Π΅Π½Ρ‚Ρ€ развития соврСмСнной Турналистики

ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹441ΠšΠΎΠ»ΠΈΡ‡Π΅ΡΡ‚Π²ΠΎ просмотров
ΠžΠΏΡƒΠ±Π»ΠΈΠΊΠΎΠ²Π°Π½19 Π΄Π΅ΠΊ.19.12.2025, 05:38
Π‘ΠΎΠ΄Π΅Ρ€ΠΆΠΈΠΌΠΎΠ΅ поста

Π‘ΠΎΠ΄Π΅Ρ€ΠΆΠΈΠΌΠΎΠ΅

πŸ“£Oliy Majlisda ochiq muloqot: Deputatlar va media hamkorligining yangi bosqichi boshlandi! πŸ‘ Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida β€œZamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” hamda Buyuk Britaniya hukumati (FCDO) tomonidan moliyalashtirilayotgan EGED dasturi hamkorligida β€œDeputatlarning samarali muloqotlari: media va jamoatchilik bilan ishlash strategiyalari” mavzusida davra suhbati boβ€˜lib oβ€˜tdi. Asosiy maqsad: Deputatlar va OAV oβ€˜rtasida ochiq muloqotni mustahkamlash, parlament faoliyatining shaffofligini oshirish hamda jamoatchilik fikrini samarali yetkazish mexanizmlarini muhokama qilish. ➑️ Davra suhbatida deputatlar, jurnalistlar va taklif qilingan ekspertlar bilan quyidagi mavzular muhokama qilinib, maxsus sessiyalar oβ€˜tkazildi: β€’ Deputatlar va OAV hamkorligi: Samarali muloqot madaniyatini shakllantirish, jurnalistlar talabini oβ€˜rganish va oβ€˜zaro ishonchni mustahkamlash yoβ€˜llari; β€’Iqtisodiy tahlil va ochiq muloqot: Iqtisodiy islohotlar va Davlat byudjeti muhokamalarini yoritish hamda parlamentga ishonch, oshkoralik va hisobdorlik mavzusida deputatlar bilan β€œOchiq mikrofon” formatidagi savol-javob sessiyasi; β€’ Inqirozli PR va axborot xavfsizligi: Obroβ€˜ni boshqarish, salbiy sharhlarga javob berish hamda media makondagi dezinformatsiya va manipulyatsiyaga qarshi kurash strategiyalari; β€’ Parlament va AI: Parlament faoliyatida va kommunikatsiyada Sun’iy intellektdan foydalanish; Tomonlar parlament faoliyatining ochiqligini ta’minlash va sifatli media kontentlar yaratish boβ€˜yicha amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. #OliyMajlis#Media#OchiqMuloqot#Deputatlar#EGED#FCDO#MJDC