Содержимое
Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni nima kutyapti, tizim tubdan o‘zgaradimi? 🖋 Prezidentning yangi farmoni bilan mahalliy ishlab chiqarish va davlat xaridlarini boshqarishning yangi tizimi joriy etilmoqda. Shu vaqtgacha davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yagona boshqaruv organi mavjud emas edi, vakolatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligida to‘plangan edi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish uchun aniq narx preferensiyalari, kafolatli xarid shartnomalari va ishtirokchilarni avtomatik baholaydigan zamonaviy skoring tizimlari keng joriy etilmagan edi. 🔗Endi nima o‘zgarmoqda? • Narx preferensiyalari: Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xaridlarda ishtirokchilar soniga qarab 8 foizdan 15 foizgacha narx imtiyozlari beriladi; • Zakalat pulisiz ishtirok: “Yuqori” ishonchlilik reytingiga (skoring) ega tadbirkorlar endi xaridlarda qatnashish uchun garov puli to‘lamaydi; • Lotlarga bo‘lish: Kichik va o‘rta biznes ham ishtirok eta olishi uchun yirik xarid buyurtmalari kichikroq qismlarga (lotlarga) bo‘lib chiqiladi; • Professional xaridorlar: 2027-yildan boshlab xaridlar jarayonini faqat maxsus xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar boshqaradi. 🖥 Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llash uchun yangi Jamg‘arma ham tashkil etiladi. U orqali tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 10 million dollargacha imtiyozli kreditlar (milliy valyutada 12%, xorijiy valyutada 6%) va xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun subsidiyalar ajratiladi. Shuningdek, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyolar 3 yil muddatga bojxona bojidan ozod etiladi. 👍 Davlat xaridlari va shaffoflik masalasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi uchun ham hamisha dolzarb bo‘lib, bu mavzuda jurnalistik surishtiruvlarni e'lon qilib kelyapmiz. Xo‘sh, ushbu islohotlar amaliyotda samarali natija beradimi? Biz jarayonning borishi, erishilayotgan yutuqlar, tizimdagi kamchiliklar va yuzaga kelayotgan muammolar haqida yozishda davom etamiz. #DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC