TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Центр развития современной журналистики
Центр развития современной журналистики avatar

TGINSIGHT POST

Post #3380

@mjdc_uz

Центр развития современной журналистики

Просмотры319Количество просмотров
Опубликован16 февр.16.02.2026, 07:53
Содержимое поста

Содержимое

Investitsiyalar nega chekka hududlarga yetib bormayapti? O‘zbekistonga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda, biroq raqamlar ortida bir jiddiy savol tug‘iladi: nega bu mablag‘larning katta qismi faqat poytaxt va sanoat markazlarida jamlanib qolgan? Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori ishtirokchilari aynan shu paradoksni raqamlar tili bilan tahlil qilishdi. ➡️ Loyiha doirasida jurnalist Said Rahmon va iqtisodchi Ruhiddin Zayniddinov birgalikda O‘zbekistonda investitsiyalarning hududiy taqsimotini o‘rganishdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 2020–2024-yillarda asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning qariyb 34 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. "Mashg‘ulot avvalida jurnalist sifatida o‘ylantirib kelayotgan bir nechta mavzular bor edi. Masalan, milliy qadriyat deb qaraladigan ayrim odatlar aholini kambag‘allikka yetaklayotgani, to‘y-hashamlarni qisqartirish kabi mavzular. Bular ham ko‘pchilikka qiziq bo‘ldi. Lekin jamoamiz bilan investitsiya mavzusini yoritishga qaror qildik. Sababi, har qanday loyiha zamirida investitsiya yotadi. Bizni qiziqtirgan masala shunda ediki, investitsiyalar hajmi ortsa-da, uning aksi chekka hududlarda nega sezilmayapti? Ma'lumotlarni yig‘ishda, ayniqsa erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha tarqoq ma'lumotlarni birlashtirishda qiyinchiliklar bo‘ldi, lekin mentorlar ko‘magida ochiq manbalarga tayanib vazifani uddaladik", — deya ta'kidlaydi iqtisodiy yo‘nalishdagi jurnalist Said Rahmon. 🖥 Ushbu tahliliy material shunchaki statistika emas, balki hududlardagi iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha aniq xulosalar va xalqaro tajribaga asoslangan yechimlar majmuasidir. Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiy jurnalistika akseleratori ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan yana bir qator tahliliy materiallar nashr etilish arafasida. 🌐Tahlilni batafsil oʻqish #Investitsiya#Shaffoflik#DataAccelerator#FCDO#EGED#MJDC