Содержимое
Hududiy tengsizlik tashvishli darajaga yetdi. Sabablar nima? 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning “eng boy” va “eng kambag‘al” hududlari o‘rtasidagi daromadlar farqi 3,6 barobarga yetdi. Bu – vaziyat “sog‘lom va tabiiy” tafovut darajasidan chiqib, xavotirli bosqichga o‘tganini ko‘rsatadi. Xo‘sh, bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti? 👍Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori ishtirokchilari ushbu aktual mavzuni batafsil tahlil qilishdi. 💬 “Mavzuni tanlashda hududiy tengsizlikning faqat iqtisodiy emas, balki ijtimoiy va demografik oqibatlarini ham hisobga oldim. Daromadlar va ish haqi o‘rtasidagi keskin farq ichki migratsiyaning kuchayishiga, mehnat resurslarining bir nuqtaga jamlanishiga va chekka hududlarning rivojlanish imkoniyatlari cheklanishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu jarayonlar uzoq muddatda barqaror iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Materialni tayyorlash jarayonida asosiy qiyinchilik hududlar bo‘yicha ochiq statistik ma’lumotlarni to‘plash, solishtirish va ularni yagona mantiqiy tizimga keltirish bo‘ldi. Rasmiy manbalar mavjud bo‘lsa-da, ularning dinamik tahlili, hududlararo taqqoslash va umumiy tendensiyalarni aniqlash muayyan metodologik yondashuvni talab qildi. Shuningdek, raqamlarni izohsiz keltirish emas, balki ularning real hayotga ta’sirini ochib berish muhimdir. Yana bir muhim jihat — mavzuni hissiy yoki siyosiy bahslarga olib kirmasdan, tahliliy va muvozanatli tarzda yoritish edi”, — deya ta'kidlaydi akselerator ishtirokchisi, Kun.uz jurnalisti Doston Ahrorov. ➡️ Ushbu maqolada hududiy tengsizlik muammosi umumiy tasavvurlar darajasidan chiqarilib, aniq raqamlar va tendensiyalar asosida tahlil qilindi. Bu esa jamoatchilik, tadqiqotchilar va qaror qabul qiluvchilar uchun muammoning ko‘lamini yaxshiroq anglash imkonini beradi. 🌐Tahlilni oʻqish #HududiyTengsizlik#Daromadlar#DataAccelerator#FCDO#EGED#MJDC