TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Центр развития современной журналистики
Центр развития современной журналистики avatar

TGINSIGHT POST

Post #3399

@mjdc_uz

Центр развития современной журналистики

Просмотры240Количество просмотров
Опубликован24 февр.24.02.2026, 09:36
Содержимое поста

Содержимое

Tashabbusli byudjet: “Byudjet pirogi” hamma hududga adolatli taqsimlanyaptimi? 📊 O‘zbekistonda 2018-yildan buyon yo‘lga qo‘yilgan “Ochiq byudjet” loyihasi davlat va xalq o‘rtasida ishonchli muloqot maydonini yaratdi. Biroq, mablag‘larning hududlar kesimida qay darajada mutanosib va adolatli taqsimlanayotgani borasida jiddiy savollar yuzaga kelmoqda. Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori ishtirokchilari aynan shu ijtimoiy adolat masalasini raqamlar bilan tahlil qilishdi. ➡️ Loyiha doirasida jurnalist Barno Sultonova va iqtisodchi Nodirjon Toirov “Tashabbusli byudjet” tizimidagi demografik muvozanatni o‘rganishdi. Tadqiqotda hududlararo tengsizlikka yaqqol misollar ham bor: aholisi bor-yo‘g‘i 9,3 ming kishi bo‘lgan Navoiydagi G‘ozgon shahrida jon boshiga to‘g‘ri keladigan mablag‘ 1,5 million so‘mdan oshsa, 572 ming aholisi bor Urgut tumanida bu ko‘rsatkich atigi 90,5 ming so‘mni tashkil etmoqda. Ya’ni, ushbu hududlarga taqsimlangan mablag‘lar aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi o‘rtasidagi farq qariyb 16,5 barobarga yetgan. 💬 “Bu loyiha men uchun shunchaki navbatdagi tahliliy maqola emas, balki mutlaqo notanish bir dunyoga darcha bo‘ldi. Ochig‘ini aytsam, boshida hammasi cheksiz jadvallar va tushunarsiz foizlardek chalkash tuyuldi. Lekin ishning ichiga kirganim sari angladimki, har bir raqam ortida aslida jonli taqdirlar, insonlar va muhim qarorlar yashiringan ekan. Biz tashabbusli byudjet mavzusini shunchaki tanlamadik. Bu har birimizning cho‘ntagimiz va mahallamizga tegishli masala. Odamlar bilishi kerak, davlat ajratgan mablag‘ qayerga ketyapti, ‘byudjet pirogi’dan kimga kattaroq bo‘lak tegmoqda? Jim turgan raqamlarni to‘g‘ri o‘qishni o‘rgansangiz, ular har qanday fikrdan balandroq va aniqroq gapirar ekan", — deya ta’kidlaydi jurnalist Barno Sultonova. Ushbu tahliliy material shunchaki statistika emas, balki g‘olib loyihalar sonini aholi zichligiga bog‘lash kabi ijtimoiy adolatni ta’minlovchi aniq yechimlarni taklif etadi. 🌐Tahlilni batafsil o‘qish #OchiqBudjet#TashabbusliBudjet#DataAccelerator#FCDO#EGED#MJDC