Содержимое
Qog‘ozda yaroqli, dasturxonda esa zaharli: bog‘cha bolalari qanday “o‘yinlar” qurboni bo‘lmoqda? ⌛ 2025-yil sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekistonning turli hududlaridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi mamlakatni larzaga soldi. Jamoatchilik e’tibori sanitariya holatiga qaratilgan bir paytda, Iqtisodiy jurnalistika akseleratoriishtirokchilari - Nodirbek Norto‘rayev va Akbarali Omonturdiyev masalaga boshqa tomondan — raqamlar va tizimli muammolar prizmasidan qarashdi. Shu kunlarda Farg‘ona viloyatida ro‘y bergan bolalarning navbatdagi ommaviy zaharlanish holati ushbu mavzu dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatdi. ➡️ Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, muammo faqat oshxonada emas, balki yetkazib beruvchilarni tanlash tizimida yashiringan bo‘lishi mumkin ekan. “Biz ‘Muammo aynan ma’lum bog‘cha yoki korxonada emas, balki tizimda bo‘lsa-chi?’ degan savolga qaytdik. Agar bu rost bo‘lsa, unda hodisalarga aybdorlarni javobgarlikka tortganigiz bilan, bunga o‘xshash voqealar yana takrorlanishi mumkin. Ish jarayonida ta’minotchi kompaniyalarni tanlab olish mexanizmlari jamoatchilik nazorati uchun yetarlicha shaffof emasligi ayon bo‘ldi. Bu esa qo‘shimcha xavflarni yuzaga keltirishi mumkin. Materialni tayyorlashdagi asosiy qiyinchilik tender hujjatlari bilan tanishish imkoniyatining cheklanganligi bo‘ldi. Ishtirokchilar hujjatlarining aksariyat qismi yashirilgani ularning nima sababdan diskvalifikatsiya qilinganini tushunishni qiyinlashtirdi", — deya ta’kidlaydi jurnalist Nodirbek Norto‘rayev. Ushbu surishtiruv bolalar salomatligi va xavfsizligi masalasida davlat xaridlaridagi shaffoflik qanchalik muhim ekanini ko‘rsatib beradi. 🌐Surishtiruvni batafsil o‘qish #DataAccelerator#MTM#DavlatXaridi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC