TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Центр развития современной журналистики
Центр развития современной журналистики avatar

TGINSIGHT POST

Post #3404

@mjdc_uz

Центр развития современной журналистики

Просмотры394Количество просмотров
Опубликован2 мар.02.03.2026, 12:20
Содержимое поста

Содержимое

👍Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi loyihalari hech qachon yakuniy hisobot topshirilgan kun bilan tugamaydi. Rasmiy jihatdan loyiha yakunlanadi, ammo amalda uning urug‘lari yashashda davom etadi 🌱 ☀️ Sentyabr oyida o‘tkazilgan media-lagerdan so‘ng biz 10 nafar media savodxonlik elchisini tanlagan edik. Ular tengdoshlariga axborotni qanday tekshirish, manipulyatsiyalarni qanday aniqlash va raqamli muhitda qanday xavfsiz harakat qilishni tushuntirishni davom ettirishga qaror qilishdi. Ular#O‘ylaTekshir xeshtegi ostida postlar e’lon qila boshladi, universitetlar va yoshlar klublarida kichik uchrashuvlar o‘tkazdi, chatlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda feyklarni muhokama qildi. 👀 Ammo elchilar soni 20 nafarga yetishini biz ham kutmagan edik. Yigirma nafar yosh o‘z vaqtini ayamagan holda ta’limiy kontent yaratdi, mahalliy treninglar o‘tkazdi, faktcheking vositalari bilan o‘rtoqlashdi va boshqalarni tanqidiy fikrlashga ilhomlantirdi. 💬 Yaqinda elchilar tajriba almashish uchun ofisimizda yig‘ildi. Toshkentdagilar shaxsan keldi, hududlardagi yoshlar esa onlayn tarzda qo‘shildi. Ularning amaliyotidagi qiziqarli voqealarni eshitdik, tavsiyalarini tingladik, hatto konstruktiv tanqidni ham qabul qildik. Eng muhimi shuni angladik: bizda media savodxonlikni davom ettirishga tayyor bo‘lgan yangi yosh mentorlar va trenerlar jamoasi shakllandi — treninglarimizda, media-lagerlarda, o‘z shaharlarida, universitetlarda va onlayn hamjamiyatlarda. ❗️ Alohida Kapital Academy’ga uchrashuvni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz — ular ambassadorlar uchun sovg‘alar taqdim etib, chinakam iliq muhit yaratishga hissa qo‘shdilar. 📎 Bizning loyihalarimiz shunday yashaydi - ular tugamaydi, balki insonlarda davom etadi 💛 #OylaTekshir#MediaSavodxonlik#Factcheck