Содержимое
Maktabgacha ta’lim: son oshdi, sifat-chi? ⌛ So‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda bog‘chalar soni 8 baravarga ortib, 39 mingdan oshdi, qamrov darajasi esa 2026-yil boshiga kelib 80 foizga yaqinlashdi. Ushbu raqamlar bir qarashda katta yutuqdek ko‘rinsa-da, muhim bir savol ochiq qolmoqda: miqdor ortishi sifatni ham kafolatlayaptimi? Iqtisodiy jurnalistika akseleratoriishtirokchilari — Ozod Mas’ul va Olim Hasanboyev maktabgacha ta’lim tizimidagi ushbu o‘sish dinamikasi va uning ortidagi tizimli muammolarni raqamlar prizmasidan tahlil qilishdi. ➡️Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, tizimdagi kengayish asosan nodavlat sektor (xususiy va oilaviy bog‘chalar) hisobidan amalga oshmoqda, biroq nazorat mexanizmlarining mukammal emasligi bolalar xavfsizligiga tahdid solyapti. "Maktabgacha ta’lim qamrovi so‘nggi yillarda oshgan bo‘lsa-da, sifat masalasi hamon og‘riqli bo‘lib qolmoqda. Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish holatlari va o‘tkazgan izlanishlarimiz sohada nafaqat son, balki sifat nazorati ham o‘ta muhimligini ko‘rsatdi. Materialni tayyorlashda ikki tomonlama qiyinchilikka duch keldik: bir tomondan davlat idoralari ma’lumotlarni ochiq va to‘liq taqdim etmagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ota-onalar andisha qilib, mavjud kamchiliklar haqida gapirishni istashmadi. Faqat maqsadimiz ezgu ekanini tushunishgachgina faktlar va fikrlar bilan o‘rtoqlasha boshlashdi”, — deya ta’kidlaydi muallif Ozod Mas’ul. Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, qamrovni oshirish maqsadida sifat masalasi e’tibordan chetda qolmoqda. Ayniqsa, soni keskin ortgan kichik oilaviy bog‘chalarda oziq-ovqat xavfsizligi va ta’lim sifatini nazorat qilish tizimi hali-hanuz oqsoqlanyapti. 🌐Surishtiruvni batafsil o‘qish #DataAccelerator#MTM#BolalarSalomatligi#Shaffoflik#FCDO#EGED#MJDC