Содержимое
‼️ “Davlat xizmatlari OAV nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik treninglarga qabul boshlandi 🔔Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi viloyat, tuman va shahar OAV jurnalistlarini, mahalliy blogerlarni, Telegram-kanallari administratorlarini hamda hududiy adliya boshqarmalari vakillarini treninglarda ishtirok etishga taklif qiladi. 📉Treninglar quyidagi hududiy markazlarda o‘tkaziladi: 1.Farg‘ona shahri - Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari uchun 2026-yil 7–8-may 2.Samarqand shahri - Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun 2026-yil 14–15-may 3.Urganch shahri - Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 2026-yil 8–9-iyun 👥 Saralash yakunlariga ko‘ra, har bir treningga 30 nafardan ishtirokchi taklif etiladi. 🎯 Loyihaning maqsadi 🎙Trening davomida siz davlat xizmatlarini oddiy xabar darajasidan chiqarib, ularni odamlar hayotiga ta’sir qiluvchi tushunarli va qiziqarli hikoyalarga aylantirish, zamonaviy vizual va mobil formatlarda yetkazish hamda bu jarayonda sun’iy intellekt, faktcheking va media etikasi vositalaridan samarali foydalanishni o‘rganasiz. ❗️Muhim: Mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi Ko´rsatilgan hududlardan kelgan ishtirokchilarning yo‘lkira va turar joy xarajatlari to‘liq qoplanadi 📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/pJCqupVnKShj1KXs6