Содержимое
🔠shbu savollarga to‘g‘ri javoblar berish orqali, siz o‘zingiz uchun eng to‘g‘ri va qulay kasbni tanlashingiz mumkin. 1️⃣Nima qilishni xohlayman❓ – O‘zingizga yoqadigan ishlarni aniqlash, kasb tanlashda muhim omil. Sevgini his qilgan sohaga kirish, ishni yana ham qiziqarli qiladi. 2️⃣Men uchun qanday sharoitlar muhim❓– Yaxshi ish muhiti, jamoa bilan ishlash yoki mustaqil faoliyatni xohlaysizmi? Yoki qat'iy ish soatlarida ishlashni afzal ko‘rasizmi? 3️⃣Mening kuchli tomonlarim nimalar❓– Qanday ko‘nikmalarga egasiz? Matematikani yaxshi tushunasizmi, yoki ijodiy fikrlashda kuchlimisiz? 4️⃣Kelajakda qanday hayot tarzini xohlayman❓– Oila qurish, ko‘proq vaqtni o‘z faoliyatimga bag‘ishlash yoki dunyo bo‘ylab sayohat qilishni xohlaysizmi? Kasbingizni tanlashda bu jihatlarni ham hisobga olish muhim. 5️⃣Men uchun qanday daromad va muvaffaqiyat mezonlari muhim🔤– O‘zingizga qanday maosh yoki moddiy qo‘llab-quvvatlashni kutasiz? Bu ko‘p hollarda kasb tanlashda ta’sir qilishi mumkin. 6️⃣Kasbim jamiyatga qanday foyda keltiradi🔤 – O‘zingizni jamiyat uchun foydali ishda ko‘rishni istaysizmi? Yoki shaxsiy maqsadlar bilan cheklanib qolishni xohlaysiz? Keyingi postlarimiz qaysi mavzuda bo`lishini istaysiz❓ Izohlarda yozib qoldiring💬