TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← PROWEB. Курсы современных профессий
PROWEB. Курсы современных профессий avatar

TGINSIGHT POST

Post #3297

@proweb

PROWEB. Курсы современных профессий

Просмотры4,900Количество просмотров
Опубликован3 мар.03.03.2025, 14:00
Содержимое поста

Содержимое

⚠️Cybersecurity: Internetda xavfsiz bo‘lishni usullarini ko`rib chiqamiz⬇️ 🛡Kuchli parollarni yaratish Parollarda ism familiya va tu`gilgan oy, kunlaringizni ketma ket keltirmang ayniqsa gmail pochtalaringizda. Imkon qadar kichik va katta harflardan, raqamlardan va maxsus belgilar (masalan, !, @, #)dan foydalaning. Parollarni esa telegram saqlangan xabarlar (избранное) ga qadab qo`ying. shunda ularni har doim topish oson bo`ladi 🔓 Ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanish (2FA) 😊 Ikki faktorli autentifikatsiya - bu xavfsizlikni oshirishning samarali usulidir. 2️⃣FA yordamida, tizimga kirish uchun faqatgina parol emas, balki telefoningizdagi SMS kod yoki autentifikator dasturi orqali yuborilgan tasdiqlash kodi ham kerak bo‘ladi. Bu qo‘shimcha qatlam sizni firibgarlik va xakerlikdan himoya qiladi ❗️Onlayn faollikda ehtiyotkor bo‘ling Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma'lumotlar (telefon raqami, manzil, tug‘ilgan sana)ni oshkor qilishdan saqlaning. Internetdagi muhokamalarda yoki forumlarda shaxsiy ma'lumotlarni tarqatmaslikka harakat qiling📱 📇Muvaffaqiyatli bo‘lmagan email yoki havolalarga e'tiborli bo‘lish (Phishing) 👤Phishing - bu xakerlar yoki firibgarlar tomonidan amalga oshiriladigan usul bo‘lib, ular foydalanuvchilarni firibgarlik orqali shaxsiy ma'lumotlarni olishga undashadi. Bunday xabarlar odatda: 🔐Noqonuniy manzildan yuboriladi. Shoshilinch choralar ko‘rishni talab qiladi (masalan, "Agar tezda tasdiqlamasangiz, hisobingiz bloklanadi"). 🔵Shubhali havolalar yoki ilovalar mavjud bo‘ladi. Bunday xabarlarni ochmaslik va havolalarga bosmaslik kerak