Содержимое
📱Python sayt yaratishda juda kuchli til, lekin u butun saytni emas, asosan orqa qismi (back-end) — ya’ni saytning “miyasi” uchun ishlatiladi. Keling, oddiy qilib tushuntiraman🖥 💻Sayt 3️⃣ qismdan iborat: Frontend — foydalanuvchi ko‘radigan qism: dizayn, tugmalar, matn, ranglar, sahifalar. ⭕️Bularni HTML, CSS, JavaScript bilan qilishadi. Backend — sahifaning ichida ishlaydigan mantiqiy qism: ⭕️login qilish, parolni tekshirish, ma’lumotlarni saqlash, buyurtma jo‘natish, hisob-kitob qilish. Mana shu joyda 📱Python ishlaydi Database (ma’lumotlar bazasi) — foydalanuvchilar ma’lumotlari, mahsulotlar, buyurtmalar saqlanadigan joy. ⭕️📱Python bu bazani PostgreSQL, MySQL, SQLite kabi tizimlar bilan bog‘laydi. 💬Misol: Agar foydalanuvchi saytda “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bossa: Frontend tugmani ko‘rsatadi. 📱Python (backend) ma’lumotni qabul qiladi, bazaga yozadi va “muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tdingiz” degan javobni qaytaradi. 🔥 Qisqasi: 📱Python saytning ichida ishlaydi — u dizayn emas, mantiqni boshqaradi. 🚀Dasturlash tillarining mashhurligi bo‘yicha 2025 yilda 📱Python TIOBE indeksida ~ 23.28 % bo‘lishi bilan yuqori o‘rinni egallagan 📱PYTHON dasturlash tilini professionallardan o`rganish uchun izohlarda ➕ qoldiring👇