Содержимое
⚡️За квартал выявили 885 случаев незаконного использования света и газа В I квартале этого года в Узбекистане выявили 885 случаев незаконного использования энергоресурсов. Предварительно ущерб государственным интересам оценили в 196 млрд сумов. Из этой суммы на электроэнергию приходится 94,4 млрд, на природный газ — 101,6 млрд. По нарушениям правил потребления оформили 1 599 административных протоколов. Параллельно при проверках качества нефтепродуктов на АЗС и предприятиях выявили 180 случаев: 4 058 тонн топлива признали некачественными и не допустили к продаже. Также у потребителей мощностью 50 кВт и выше обеспечили установку устройств компенсации реактивной энергии у 2 293 потребителей — это дало экономию 19,4 млн кВт·ч. Ещё 11 потребителям за невыполнение предписаний оформили админпротоколы. ⚡️I chorakda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo'yicha 885 holat aniqlandi Joriy yilning I choragida O'zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo'yicha 885 ta holat aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 196 mlrd so'm deb baholangan. Shundan elektr energiyasi bo'yicha 94,4 mlrd so'm, tabiiy gaz bo'yicha 101,6 mlrd so'mlik talon-toroj qayd etilgan. Iste'mol qoidalarini buzish holatlari yuzasidan 1 599 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Neft mahsulotlari sifati nazoratida AYOQSH va korxonalardan olingan namunalar bo'yicha 180 ta holatda 4 058 tonna mahsulot sifatsiz deb topilib, sotuvga chiqarilishi to'xtatildi. Quvvati 50 kW va undan yuqori bo'lgan iste'molchilarga berilgan ko'rsatmalar natijasida 2 293 ta iste'molchida reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmalari o'rnatildi va 19,4 mln kilovatt-soat elektr tejaldi. Ko'rsatmalarni bajarmagan 11 ta iste'molchiga ma'muriy bayonnoma tuzildi. @PvBux