TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Migratsiya Samarqand
Migratsiya Samarqand avatar

TGINSIGHT POST

Post #2620

@sammigration

Migratsiya Samarqand

Просмотры8,090Количество просмотров
Опубликован5 февр.05.02.2026, 09:30
Содержимое поста

Содержимое

📢 DIQQAT! ❗️”Ulsan shahriga malakali kadrlar tayyorlash markazi” ga 2026-yil 1-bosqich uchun saralash kunlari ma'lum bo'ldi SPAS elektron bazada turgan va “Hyundai” kemasozlik kompaniyasi bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslarida o'qish uchun Migratsiya agentligining hududiy filiallariga hujjatlarini topshirgan fuqarolar diqqatiga!!! Keyingi bosqich — ro‘yxatdagi nomzodlar uchun ish beruvchilar vakillari ishtirokida imtihon va suhbat asosidagi saralash tanlovlari joriy yilning 09-13- fevral kunlari 3 ta hududda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash kunlari: 🔹E-7 vizasi bo‘yicha: 9 -fevralkuni 8:00 da Toshkent shahar Kasbiy ko’nikmalar markazida Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331 📍Lokatsiya 👉Ro'yxatniko'rish👈 📝 Quyidagi hujjatlar bilan kelish zarur: ▪️Diplom va ilovasi; ▪️Til bilish sertifikati (agar mavjud bo‘lsa); ▪️Xorijga chiqish pasporti. 🔹E-9 vizasi bo‘yicha: 📅10-fevral kuni Qarshi shahar Kasbiy ko’nikmalar markazida ⏰ 08:00 — Qashqadaryo viloyati fuqarolari uchun ⏰ 12:00 — Surxondaryo va Buxoro viloyatlari fuqarolari uchun Manzil: Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi 70a-uy (Oydin bozor ro‘parasi) 📍Lokatsiya 📅11-fevralkuni Qarshi shahar Kasbiy ko’nikmalar markazida ⏰ 08:00 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax, Xorazm, Navoiy viloyatlari fuqarolari uchun ⏰ 12:00 — Samarqand va Sirdaryo viloyatlari fuqarolari uchun Manzil: Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi 70a-uy (Oydin bozor ro‘parasi) 📍Lokatsiya 📅 12-fevral kuni Farg‘ona shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA) da ⏰ 12:00 — Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahri fuqarolari uchun Manzil: Farg‘ona shahri, al-Farg‘oniy ko‘chasi, 112-“v” uy. 📍 Lokatsiya 📅13-fevralkuni Farg‘ona shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA) da ⏰ 08:00 — Andijon va Namangan viloyati fuqarolari uchun Manzil: Farg‘ona shahri, al-Farg‘oniy ko‘chasi, 112-“v” uy. 📍 Lokatsiya 👉Ro'yxatniko'rish 👈 ❗️ Muhim eslatma: Nomzodlar belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari lozim. ⛔️Belgilangan vaqtga kech qolgan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi! 📌 Saralash bosqichining talablari: 1. Koreya elchixonasiga hujjat topshirib vizasi rad etilmagan bo'lishi lozim. 2. Koreya Respublikasida bo'lgan vaqtda Koreya Respublikasi qonunchiligini buzmagan bo'lishli (jarima qo'llanmagan bo'lishi) kerak. 📞Murojaat uchun: (+998) 71 202-33-55 (ichki raqamlar: 241, 243) 📌Migratsiya agentligi imtihon jarayonlarida barcha nomzodlarga omad tilab qoladi! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!