Содержимое
🇺🇿🇰🇷 Koreyada ishlash uchun yana 186 nafar hamyurtimiz ish beruvchilar tomonidan tanlandi Janubiy Koreyaning Ulsan shahridagi "Hyundai" kemasozlik kompaniyasida E-9 vizasi bilan ishlash uchun 2026 -yil 9-13-fevral kunlari bo'lib o’tgan imtihonda 290 nafar nomzod ishtirok etdi. Quyida ro’yxatda keltirilgan 171 ishtirokchi muvaffaqiyatli o'tdi. Endilikda ular joriy yil 9-mart kuni 17:00 gacha Farg'ona shahridagi KOICA kasb-hunar markaziga yetib borib, oqish boshlashlari kerak. 📍LOKATSIYA 📚Darslar 10-martdan 29-maygacha davom etadi. 🇰🇷Muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyada yuqori daromadli ish o’rinlarida ish boshlaydilar. ➡️Ro'yxat 📌 Loyiha doirasida o'qish xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi. 🛌 Uzoq hududlardan kelganlar bonus sifatida yotoq joy bilan bepul ta'minlanadilar (oziq-ovqat tinglovchi hisobidan). ⏳E-7 vizasi asosida tanlanganlarni ham tez orada e’lon qilamiz! Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!