TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Migratsiya Samarqand
Migratsiya Samarqand avatar

TGINSIGHT POST

Post #2714

@sammigration

Migratsiya Samarqand

Просмотры3,910Количество просмотров
Опубликован23 мар.23.03.2026, 13:38
Содержимое поста

Содержимое

BC TOIFADAGI HAYDOVCHILIK GUVOHNOMANGIZ BORMI? Migratsiya agentligi va Yaponiyaning "Proud Partners" kompaniyasi YAPONIYADA HAYDOVCHILIK sohasida ishga taklif qiladi! 📚 Asosiy talab — 2026-yil aprel oyida boshlanadigan Toshkent viloyati Angren shahridagi 8 oylik bepul o'quv kurslarida ishtirok etishga tayyor bo'lish! (bepul yotoqxona bilan ta'minlanasiz) Ish o'rinlari: 200 ta (yuk yetkazib beruvchi haydovchi) Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: "Proud Partners" kompaniyasi (30-martdan 3-aprelgacha onlayn suhbat asosida) Ish joyi manzili: Yaponiya bo'ylab. Kimlar tanlovda qatnasha oladi? 🚗🚛 BC (C toifani olganiga 3 yil bo'lgan) toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oralig'idagi haydovchilar; 🔗 Quyidagi havolada berilgan "Rozilik xati" shartlariga rozilik bildirganlar. ▶️ "Rozilik xati". ✅ Yapon tilini biladiganlarga ustunlik beriladi 💰Oylik maosh: 1200-2000 AQSh dollarigacha (ko'tarilishi ham mumkin); Qo‘shimcha ish: belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjud; 🎁Bonus: ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy rag’batlantirish; 🕒 Ish jadvali: smenali ish (ish beruvchi kompaniyaga qarab farq qiladi); 🏠Turar joy: ish beruvchi tomonidan beriladi va ish haqidan ushlab qolinadi (o'rtacha 200 AQSH dollari). ✅Imtiyozlar: Aviabilet xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi (xarajat kompensatsiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi; 🧮 Ovqatlanish xarajatlari xodim hisobidan. ❗️Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🔗 Ro'yxatdan o'tish ❗️Talablarga to’g’ri keladiganlarga Migratsiya agentligi xodimi bog’lanadi va sms yuboriladi. ☎️Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam 505) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!