Содержимое
🇰🇷KOREYADA ISHLASH UCHUN KEYINGI QADAM ❗️EPS-TOPIK–2026 imtihonlarida ishtirok etish maqsadida joriy yilning 9–12-mart kunlari onlayn ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar soni 8158 nafarni tashkil etdi. 🔹 Ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha: 7624 nafar 🔹 Xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha: 534 nafar 📅Imtihon sanalari: 🔸 Ishlab chiqarish sohasi nomzodlari uchun: 2026-yil 6–22 aprel kunlari 🔸 Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi nomzodlari uchun: 2026-yil 23-aprel kuni 📌Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar: 1. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan hamda belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan nomzodlar imtihonga kirishlari mumkin emas. 2. Imtihonda elektron vositalaridan(mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi. 4. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi. Migratsiya agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtganlarni Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. Faqatgina Koreya ish beruvchilari tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi. Imtihonlar “Bilim va malakalarni baholash agentligi”da bo'lib o'tadi. 📍Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 12-uy. 📍Lokatsiya Diqqat! Avtoturargoh bo'lmaganligi sababli sizdan mashinasiz kelishingizni so'rab qolamiz! ❗️Nomzodlar belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishi va ro‘yxatdan o‘tishi lozim. 👉Ishlab chiqarishsohasi nomzodlari ro'yxati 👉Xizmat ko'rsatish 1sohasi nomzodlari ro'yxati ☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 (qisqa raqami) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!