TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Migratsiya Samarqand
Migratsiya Samarqand avatar

TGINSIGHT POST

Post #2765

@sammigration

Migratsiya Samarqand

Просмотры5,550Количество просмотров
Опубликован9 апр.09.04.2026, 10:30
Содержимое поста

Содержимое

SOHIBQIRON AMIR TEMUR – BUYUK TARIX VA ABADIY IBRAT TIMSOLI (690 YILLIK TAVALLUD AYYOMI) Bugun nafaqat milliy tariximiz, balki jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk sarkarda, adolatli hukmdor va mohir davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda. Sohibqiron bobomiz asos solgan kuchli markazlashgan davlat hamda u ilgari surgan “Kuch — adolatdadir” tamoyili bugungi kunda ham Yangi O‘zbekiston davlat boshqaruvi va huquqiy tizimining mustahkam ma’naviy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Amir Temur o‘zining “Tuzuklar” asarida ta’kidlaganidek: “Davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan amalga oshirdim.” Mazkur purma’no hikmat bugun ham har bir rahbar va davlat xizmatchisi uchun muhim strategik yo‘llanma bo‘lib qolmoqda. Sohibqiron bobomizning matonati, donishmandligi va vatanparvarligi Vatanimiz ravnaqi yo‘lida barchamiz uchun ibrat bo‘lsin! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X