TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Татарский общественный культурно-просветительный центр Ташкента
Татарский общественный культурно-просветительный центр Ташкента avatar

TGINSIGHT POST

Post #10302

@tokpc

Татарский общественный культурно-просветительный центр Ташкента

Просмотры1,130Количество просмотров
Опубликован27 мая27.05.2025, 08:57
Содержимое поста

Содержимое

⚡️Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent shahar Markaziy bog‘ida Toshkent shahar Tatar jamoatchilik madaniy-ma'rifiy markazi, A.Z. Validiy nomidagi Toshkent shahar boshqird jamoat-madaniy markazi hamda Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi hamkorligida tatar va boshqird xalqlarining milliy bayrami Sabantuy – tadbirlari o‘tkazildi. ✈️ Bog‘ning asosiy sahnasida bayramning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi O. Malginov, Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Butunjahon tatarlar kongressi Milliy kengashi raisi V. Shayxraziyev, Boshqirdiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari G. Xamitova hamda qo‘shni mamlakatlardan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlaridan, shu jumladan, Tatariston va Boshqirdistondan kelgan mehmonlar ishtirok etishdi. ✈️ Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda milliy taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga asos solinganligi, millatlararo totuvlik, barcha millat va elat vakillarining madaniyati, tili, urf-odatlarini saqlash va rivojlantirishga yanada keng sharoitlar yaratib berilganligini ta’kidlab o‘tdi. Bayramning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar har bir millat vakillariga o‘z milliy urf-odat va bayramlarini bemalol o‘tkazishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligini e’tirof etishdi. ➡️ Batafsil – https://gov.uz/oz/icc/news/view/56599 📷Instagram |🌐YouTube| 📱Facebook | 🌐Veb-sayt