TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
← Татарский общественный культурно-просветительный центр Ташкента
Татарский общественный культурно-просветительный центр Ташкента avatar

TGINSIGHT POST

Post #10744

@tokpc

Татарский общественный культурно-просветительный центр Ташкента

Просмотры955Количество просмотров
Опубликован15 сент.15.09.2025, 16:26
Содержимое поста

Содержимое

🟦🟦🟦 ✈️ Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tashabbusi bilan Milliy madaniy markazlar pavilonida milliy madaniy markazlar o‘rtasida “Do‘stlik kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati, “Zakovat intellektual klubi” nodavkat notijorat tashkiloti mas’ullari, milliy madaniy markazlar faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Bugungi intellektual o‘yinda milliy madaniy markazlarning 6 ta jamoasi (uyg‘ur, qozoq, turkman, tatar, qirg‘iz, tojik) o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. ✅ “Do‘stlik kubogi” uchun kechgan “Zakovat” intellektual o‘yini yakunlariga ko'ra: 1-o‘rin – O‘zbekiston tojik milliy madaniy markazi; 2-o‘rin – O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi; 3-o‘rin – O‘zbekiston uyg'ur milliy madaniy markazi egalladi. ✈️Ishtirokchilar esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Milliy madaniy markazlar pavilonida o‘tkazilgan bugungi intellektual o‘yin jamoalarning ilm u salohiyatini sinovdan o‘tkazish bilan bir qatorda, mamlakatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikning yanada mustahkam qaror topishiga xizmat qilishi shubhasiz. 📷Instagram|🌐YouTube| 📱Facebook | 🌐Veb-sayt