Содержимое
🟦🟦🟦 “O‘zbek tilida ijro etilgan eng yaxshi qo‘shiq” tanlovida ovoz berish boshlandi! Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostidagi tanlovning saralash bosqichi yakunlandi! 🔘Endi esa eng hayajonli pallaga – onlayn ovoz berish bosqichiga navbat keldi! ➡️Turli millat va elat vakillari bo‘lgan iste’dodli ijrochilar o‘zbek tilida kuylab, ona tilimizga, Vatanga bo‘lgan ehtirom va muhabbatini kuyga soldilar. Siz esa ularning eng yaxshisini tanlashda o‘z ovozingiz bilan ishtirok etishingiz mumkin! Ovoz berish 18-oktabr soat 23:59 ga qadar davom etadi. 🎄 G‘oliblar joriy yil 20-oktabr kuni Milliy madaniy markazlar pavilyonida “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram tadbirida qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan tantali ravishda taqdirlanadi! 👇👇👇Ovoz berishda faol ishtirok eting!!! 👇👇👇