TGINSIGHT CHAT
Zamin Foundation
@zaminfoundation
Политика"Zamin" xalqaro jamoat fondi — Международный общественный фонд Zamin __ Veb-sayt: https://www.zaminfoundation.ngo/ Facebook: www.facebook.com/zaminfoundation Instagram: www.instagram.com/accounts/login/?next=/zaminfoundation/
Последние посты
Стр. 1 из 54 · 640 постов
Zamin fondi va Benevolent Healthcare Foundation (Project C.U.R.E. nomi bilan faoliyat yurituvchi) o‘zaro anglashuv memorandumi imzolab, unda sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik, jumladan, infratuzilma va sog‘liqni saqlash tizimining klinik salohiyatini mustahkamlash, barcha darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatishda tibbiy uskunalardan foydalanishni kengaytirish nazarda tutilmoqda. Hamkorlik shuningdek, professional salohiyatni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish, tibbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni ham qamrab oladi. — Фонд Zamin и Benevolent Healthcare Foundation dba «Project C.U.R.E.» подписали Меморандум о взаимопонимании, предусматривающий сотрудничество в сфере здравоохранения, включая укрепление инфраструктуры и клинического потенциала системы здравоохранения, расширение доступа к медицинскому оборудованию на всех уровнях оказания помощи. Взаимодействие будет включать также развитие профессионального потенциала, повышение квалификации кадров, медицинского образования и научно-исследовательской деятельности. #MehrliMaskan Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Hashtags
Xiva shahrida Zamin Education loyihasi doirasida butun respublikamizdan jami 115 nafar bola ishtirok etgan inklyuziv AT-oromgohi yakunlandi. Tadbirni o‘tkazish davomida ekspert-o‘qituvchilar sun’iy intellekt asoslari, jumladan, oromgoh ta’lim dasturining yangi yo‘nalishi — neyron tarmoqlar bilan o‘zaro ta’sirning zamonaviy tiliga aylangan Prompt Engineering bo‘yicha intensiv mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. Bolalar amaliy mahorat darslarida sun’iy intellekt bilan samarali o‘zaro ta’sirning tuzilishini tahlil qilishdi — bu g‘oyalarni yaratishmi, avtomatlashtirish yoki ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘ladimi, turli muammolarni hal qilish uchun prompt zanjirlarini yaratishni o‘rganishdi. — В рамках проекта Zamin Education в Хиве завершился инклюзивный IT-лагерь, в котором приняли участие 115 ребят со всей республики. Во время проведения мероприятия эксперты-преподаватели проводили интенсивные занятия по основам искусственного интеллекта, включая новое направление образовательной программы лагеря — Prompt Engineering, ставшим современным языком взаимодействия с нейросетями. На практических мастер-классах ребята разбирали структуру эффективного взаимодействия с ИИ — будь то генерация идей, автоматизация или анализ данных, учились создавать цепочки промптов для решения различных задач. #ZaminEducation Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Hashtags
Andijonning Zamin Creative studiyasini Toshkentdagi Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Turon teatr festivalining g‘olibi bo‘lgani bilan tabriklaymiz. Boshqa maktab teatr jamoalari bilan bir qatorda tanlovda Qarshi, Toshkent, Nukus va Marg‘ilon shaharlarining ham Zamin Creative studiyalari ishtirok etdi. Festivaldagi chiqish inklyuziv ijodiy studiya o‘quvchilari uchun o‘ziga xos yakuniy imtihon bo‘ldi, unda bolalar ta’lim davomida erishgan aktyorlik mahorati, plastika, sahnani his qila bilish tuyg’usi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Shuni ta’kidlash joizki, Fashion Design yo‘nalishi bo‘yicha studiyalarda tahsil olayotgan o‘quvchilar dekoratsiyalar va liboslarni tayyorlashda faol ishtirok etishdi. Yosh aktyorlarga keyingi ijodlarida cheksiz ilhom tilab qolamiz! — Поздравляем Андижанскую студию Zamin Creative, которые стали победителями ежегодного театрального фестиваля Turon, который традиционно прошёл в Узбекском государственном музыкальном театре имени Мукими в Ташкенте. Наряду с другими школьными театральными коллективами в конкурсе приняли участие студии Zamin Creative из Карши, Ташкента, Нукуса и Маргилана. Выступление на фестивале стало для учащихся инклюзивных творческих студий своеобразным выпускным экзаменом, где ребята продемонстрировали свои навыки актёрского мастерства, пластики, чувства пространства, приобретённые во время обучения. Стоит добавить, что в подготовке декораций и костюмов принимали активное участие и ребята, обучающиеся в студиях по направлению Fashion Design. Желаем юным актёрам неиссякаемого вдохновения в дальнейших постановках! #ZaminCreative Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Hashtags
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, uning quyi tashkilotlari, Toshkent shahrining tuman hokimliklari va "Zamin" fondi "Yashil zamin" loyihasini amalga oshirish davrida ekilgan barcha yashil hududlar monitoringini o‘tkazdi. Mutaxassislar har bir yashil hududning umumiy holatini daraxtlar va butalarning sog‘lomligi; zararkunandalar yoki kasalliklarning mavjudligi; ishchi sug‘orish tizimining mavjudligi; o‘simliklarni qo‘shimcha ekish, davolash va mulchalash zarurati; shuningdek, yorug‘likning mavjudligi va yaqin atrofdagi hududlar aholisining o‘z mahallalarini obodonlashtirishdagi ishtiroki kabi bir necha asosiy mezonlar bo‘yicha baholadilar. Kompleks yondashuv muammoli uchastkalarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rishni ta’minlaydi. Bu ko‘chatlar umrboqiyligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, aholi o‘rtasida tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini shakllantirish, qulay va xavfsiz jamoat joylarini yaratishga yordam beradi. Birga yashil zamin yaratamiz! — Национальный комитет по экологии и изменению климата, его подведомственные организации, районные хокимияты Ташкента и Фонд Zamin провели мониторинг всех зелёных зон, высаженных за период реализации проекта Yashil zamin. Специалисты оценили общее состояние каждой зелёной зоны по нескольким основным параметрам: здоровье деревьев и кустарников; наличие вредителей или заболеваний; наличие рабочей системы полива; необходимость досадки, лечения и мульчирования растений; а также наличие освещения и участие жителей близлежащих территорий в благоустройстве своих махаллей. Комплексный подход обеспечивает выявление проблемных участков и своевременное принятие мер по их оздоровлению. Это способствует повышению долговечности зелёных насаждений, рациональному использованию ресурсов, формированию культуры ответственного отношения к природе среди жителей и созданию комфортных и безопасных общественных пространств. Вместе мы создадим зелёный край! #YashilZamin#BirgaYashilZaminYaratamiz#ВместеМыСоздадимЗеленыйКрай Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Опубликован 26 мар.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAO va "Zamin" fondining hamkorlikdagi "Noyob tabiiy meros" loyihasini amalga oshirish doirasida Yaponiya Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligi ekspertlari ishtirokida gibrid formatda tajriba almashinuv uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirning asosiy mavzusi Milliy ahamiyatga molik qishloq xo‘jaligi merosi tizimlari (NIAHS) yaratishga bag‘ishlandi. Xalqaro ekspertlar landshaftlarni kompleks boshqarish, mahalliy hamjamiyatlarning faol ishtiroki va mahalliy hokimiyat organlari hamda ishlab chiqaruvchilar hamjamiyatlarining muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari bilan qo‘llab-quvvatlanadigan qishloq xo‘jaligi bioxilma-xilligini saqlashga e’tibor qaratgan holda o‘zlarining FAO mezonlariga asoslangan milliy tizimini yaratish borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv ishtirokchilari loyihani amalga oshirishning institutsional mexanizmi, muvofiqlashtirish masalalari, hamjamiyatlarni rag‘batlantirish yondashuvlari va uni ilgari surishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar. — В рамках реализации совместного проекта Министерства сельского хозяйства, ФАО и Фонда Zamin «Уникальное природное наследие» прошла рабочая встреча в гибридном формате с участием экспертов Министерства сельского, лесного и рыбного хозяйства Японии. Основной темой мероприятия стало создание списка Систем сельскохозяйственного наследия национального значения (NIAHS). Международные эксперты поделились опытом создания своей национальной системы, основанной на критериях ФАО, при этом делая акцент на комплексном управлении ландшафтами, активном участии местных сообществ и сохранении сельскохозяйственного биоразнообразия, которые поддерживаются скоординированными усилиями местных органов власти и сообществ производителей. Участники встречи обсудили институциональный механизм реализации проекта, вопросы координации, подходы к мотивации сообществ и практические аспекты его продвижения. Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Опубликован 24 мар.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi va "Zamin" fondi milliy monitoring tarmog‘ini "Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" qo‘shma loyihasi doirasida kengaytirmoqda. Uskunalar sozlanib, test sinovlaridan o‘tkazilgach, 5 ta yangi zamonaviy avtomatlashtirilgan stansiya Chirchiq, Ohangaron, Olmaliq, Angren va Bekobod shaharlarida ham o‘rnatiladi. Stansiyalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rishda xalqaro ekspertlar tomonidan xodimlar o‘qitiladi, bu kiruvchi ma’lumotlarni tahlil qilish, uskunalar va dasturiy ta’minotdan foydalanish, uskunalarni kalibrlash va ta’mirlashdan tashkil topgan. — Национальный комитет по экологии и изменению климата, Агентство гидрометеорологической службы и Фонд Zamin расширяют национальную сеть мониторинга в рамках совместного проекта «Автоматизация мониторинга загрязнения атмосферного воздуха». После настройки оборудования и проведения тестовых испытаний 5 новых современных автоматизированных станций будут установлены в Чирчике, Ахангаране, Алмалыке, Ангрене и Бекабаде. При подготовке к запуску станций проводится обучение персонала с участием международных экспертов, которое включает в себя анализ поступающих данных, эксплуатацию оборудования и программного обеспечения, калибровку и ремонт оборудования. Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Опубликован 21 мар.
"Zamin" fondi jamoasi barchangizni Navro‘zi ayyom bilan qutlaydi! Bayram bilan birga xonadoningizga tinchlik, farovonlik, baxt va saodat kirib kelsin! Boshlagan ishlaringizga muvaffaqiyat, ezgulik yor bo‘lsin. Yaqinlaringiz esa salomat bo‘lsin! — Команда Фонда Zamin поздравляет всех с Наврузом! Желаем, чтобы с этим праздником в каждый дом вошли мир и благоденствие, счастье и процветание! Пусть начинания будут успешными, солнце — тёплым, а родные — здоровыми! Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Опубликован 20 мар.
"Zamin" fondi barchangizni Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi! Ushbu muqaddas bayram xonadoningizga sihatlik va baxt-saodat olib kelsin, qalbingizni quvonchga to‘ldirsin. Oilangizda tinchlik-xotirjamlik, ezgulik, totuvlik va hamjihatlik yor bo‘lsin. — Фонд Zamin поздравляет всех с Рамазан хайит! Пусть вместе с этим священным праздником в ваши дома войдут здоровье и счастье, а души очистятся от печали. Мира вам, добра, согласия и гармонии в семье. Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
University of East London (Buyuk Britaniya) ekspertlari o‘qitishning inklyuziv usullari, ta’lim dasturlarini moslashtirish va kasbiy ta’lim tizimiga UDL (Universal Design for Learning) tamoyillarini joriy etish bo‘yicha International Inclusive Hub o‘qituvchi va mutaxassislari uchun kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy trening o‘tkazdi. Loyiha doirasida International Inclusive Hub mutaxassislari University of East London oliygohida inklyuziv kasbiy ta’limni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, inklyuziv ta’lim materiallarini ishlab chiqish borasidagi xalqaro amaliyotlarni o‘rganishdi. O‘tkazilgan o‘quv tadbirlari mutaxassislarning malakasini oshirish va inklyuziv ta’lim muhitini barqaror rivojlantirish uchun xizmat qiladi. — Эксперты University of East London (Великобритания) для преподавателей и специалистов International Inclusive Hub провели практический обучающий тренинг, направленный на развитие компетенций в области инклюзивных методов преподавания, адаптации образовательных программ и внедрения принципов UDL (Universal Design for Learning) в систему профессионального образования. Также, в рамках проекта специалисты International Inclusive Hub прошли обучение в University of East London, в ходе которого изучили современные подходы к организации инклюзивного профессионального образования, а также международные практики разработки инклюзивных образовательных материалов. Проведённые обучающие мероприятия способствуют повышению квалификации специалистов и устойчивому развитию инклюзивной образовательной среды. #IIHub#UEL Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
"Mehrli maktab" loyihasi doirasida inklyuziv ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun Abdulla Avloniy nomidagi Milliy pedagogik mahorat institutida gospital pedagogikasi bo‘yicha ilmiy-uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. O‘quvchilar salomatligini saqlash va ta’lim tizimida inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim muhitini shakllantirishga nisbatan zamonaviy yondashuvlar professor Sergey Sharikov ishtirok etgan tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi. Tashrif davomida gospital pedagogika sohasidagi yetakchi ekspert shuningdek Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida "Mehrli maktab" ta’lim muhiti maydonini kengaytirish bo‘yicha ham o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. — В рамках проекта Mehrli Maktab в Национальном институте педагогического мастерства имени Абдулы Авлони для руководителей образовательных инклюзивных организаций прошли научно-методические сессии по госпитальной педагогике. Основной темой мероприятия, в которой принял участие профессор Сергей Шариков, стали современные подходы к формированию образовательной среды, направленной на сохранение здоровья учащихся и развитие инклюзивных практик в системе образования. В ходе визита ведущий эксперт в области госпитальной педагогики также дал свои рекомендации по расширению пространства образовательной среды Mehrli Maktab в Самаркандском областном детском многопрофильном медицинском центре. #MehrliMaktab Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Hashtags
Qashqadaryo viloyatidagi Hosildor zamin o‘quv-ko‘chatchilik majmuasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari hamda FAOning xalqaro ekspertlari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Hosildor zamin kursi tinglovchilari ko‘chatlarni ekishdan oldin tayyorgarlik tadbirlarini rejalashtirish usullarini o‘rgangan holda issiqxonalardan foydalanishning tashkiliy va iqtisodiy jihatlari haqidagi o‘z bilimlarini kengaytirdilar. Ular noyob mevali daraxt yetishtirishning eng so‘nggi texnologiyalari, ularning o‘sish xususiyatlari va ko‘chat yetishtirishning samarali usullari haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Mutaxassislar o‘simliklarning iqlim o‘zgarishi va kasalliklarga moslashish imkonini beruvchi genetik materialini saqlab qolish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega mevali daraxtlarning mintaqamiz uchun noyob navlarini saqlab qolish zarurligiga alohida to‘xtalib o‘tdillar. Tinglovchilarning kasbiy malakasini shakllantirish va o‘quv majmuasini yanada rivojlantirishda olingan bilimlar kerak bo‘lishi shubhasiz. — В учебном комплексе-питомнике Hosildor zamin Кашкадарьинской области состоялся образовательный семинар с участием представителей Министерства сельского хозяйства, сотрудников НИИ садоводства, виноградарства и виноделия имени академика М. Мирзаева, НИИ генетических ресурсов растений и международных экспертов ФАО. Слушатели курса Hosildor zamin расширили понимание организационных и экономических аспектов эксплуатации теплиц, изучив методики планирования подготовительных мероприятий перед высадкой рассады. Участники получили практические знания о новейших технологиях выращивания редких плодовых культур, особенностях их роста и эффективных способах производства саженцев. Эксперты акцентировали внимание на сохранении генетического материала растений, позволяющего культурам адаптироваться к изменениям климата и болезням, а также на необходимости сохранения уникальных для нашего региона сортов плодовых культур, обеспечивающих ценность для сельского хозяйства и продовольственной безопасности. Полученные знания помогут в формировании профессиональных компетенций слушателей и дальнейшем развитии учебного комплекса. #HosildorZamin Zamin|Facebook| Instagram| YouTube
Hashtags
International Inclusive Hub talabalari va Zamin Creative Tashkent studiyasining o‘quvchilari uchun Fashion Design yo‘nalishida kasbiy integratsiya bo‘yicha bir qator seminarlar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga seminarlar doirasida marketlar o‘tkazishdan boshlab, Toshkent va Londonda Markaziy Osiyo dizaynerlarini xorijiy bozorda targ‘ib qilishda faol maydonga aylangan konseptual maydonlarni ochish bilan tugallanadigan milliy dizaynerlar platformasini yaratishning amaliy holati borasidagi masalalar taqdim etildi. East London universiteti mutaxassislari Xab talabalari tomonidan taqdim etilgan startap loyihalarni baholadilar va, o‘z tavsiyalarini berdilar. Xalqaro ekspertlar nostandart yondashuvlar, dizaynni amalga oshirish sifati, texnik yechimlar savodxonligi va jahon darajasidagi raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish layoqatining muhimligini ta’kidladilar. Talabalarni mehnat faoliyatiga professional tarzda jalb qilish ularni hech kimni ortda qoldirmasdan, jamiyatda o‘zlarining muvaffaqiyatli o‘rinlarini egallashlariga yordam beradi. — Для студентов International Inclusive Hub и учеников студии Zamin Creative Tashkent по направлению Fashion Design проведена серия воркшопов по профессиональной интеграции. В рамках семинаров участникам был представлен практический кейс создания платформы национальных дизайнеров, начиная с проведения маркетов и заканчивая открытием концептуальных пространств в Ташкенте и Лондоне, которые стали активной площадкой для продвижения дизайнеров Центральной Азии на зарубежном рынке. Специалисты University of East London провели оценку и дали экспертные рекомендации по представленным студентами Хаба стартап-проектам. Международные эксперты подчеркнули важность нестандартных подходов, качество реализации дизайна, грамотность технических решений и умение создавать конкурентоспособные продукты мирового уровня. Профессиональное включение студентов в трудовую деятельность помогает занять своё успешное место в обществе, не оставляя никого позади. #IIHub#ZaminCreative#TeploStore#UEL#LeavingNoOneBehind Zamin|Facebook| Instagram| YouTube