Ibirimo
#haqida Sizningcha, o'zbek Instagram auditoriyasining katta qismi uchun dunyodagi ENG Yoqimli Tinchlantiruvchi Kontent janri nima deb o'ylaysiz? Patriotik videolar? Yo'q. Hayvonlar bilan olingan videolarmi? Yo'q. Seksual kontentmi? Unchamas. Ibratli videolar? Hamisha ham emas. Nazarimda, juda ko'pchilik odamlar uchun eng Yoqimli va Tinchlantiruvchi Videokontent janri — bu Uy Showroomlari. Ya'ni sotiladigan uylarni batafsil ko'rsatib beradigan videolar. Ammo ularning hammasi emas. Aynan O'TA Qimmatbaholari. Yaqinda Instagram algoritmim o'zgarib, oldimdan faqat qimmatbaho uylar videosi chiqishni boshladi. Tasavvur qiling, 28 milliard so'mlik uyni videosi boshlanyapti. Qizig'i, o'sha blogerning potensial auditoriyasi Instagramda yo'q. Har holda men qo'lida naqd 28 mlrd so'mi bor odamning Reels ko'rib o'tirishga vaqti borligi va tanishlari yo'qligiga shubhalanaman:) Xullas, ulkan saroyni ko'rib o'tirgan millionlab prosmotrlar mutlaqo foydasiz, ularning hech biri hech qachon bu uyni sotib ololmaydi. Izohlarga kiraman. Qizig'i, birorta negativ yo'q. Hamma orzu, duo va o'ziga tilab izohlar qoldirgan. Bu yomon emas, balki men ham ba'zi uylarni yoqtirgandirman, ammo bu ko'pchilikka xuddi terapiyaga borgandek ta'sir qilishini sezdim. Bunga sabab, O'zbekistonda, ayniqsa, Toshkentda yashaydigan juda ko'p insonlarning shaxsiy uy-joyi yo'q (xuddi men kabi) va shu paytda bu kabi videolar chiqishi insonga boshqacha ta'sir qiladi. Ichidagi orzularni yozib, duo qilishi bilan ancha yengillashgandek bo'ladi. Ayniqsa, ayollar. Shu sabab bu kabi videolar doimo yaxshi ko'riladi. Bez negativ. no S zavistyu. @boredpandablog