TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← NewUU | Uzluksiz ta'lim markazi
NewUU | Uzluksiz ta'lim markazi avatar

TGINSIGHT POST

Post #294

@cce_newuu

NewUU | Uzluksiz ta'lim markazi

Ibireba1,050Umubare w'ibireba
Yoherejwe7 Mut.2026-01-07 13:50
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

🔥Box Plot (Statistics) savollari haqida qisqava umumiy tushunchalar ⁉️Box plot nimalardan iborat? Box plot 5 ta asosiy qiymatga tayangan holda chiziladi: 1️⃣Minimum (Min) – eng kichik qiymat 2️⃣1-chorak (Q1) – ma’lumotlarning 25% qismi undan kichik 3️⃣Median (Q2) – o‘rtadagi qiymat (50%) 4️⃣3-chorak (Q3) – ma’lumotlarning 75% qismi undan kichik 5️⃣Maximum (Max) – eng katta qiymat Masalan: Berilgan ma’lumotlar: 3, 5, 7, 9, 11, 13, 15, 17, 19 Ma’lumotlar soni: n = 9 1️⃣ Median (Q2) Toq sonli ma’lumotlarda median — o‘rtadagi qiymat: 📌Q2 = 11 2️⃣ Q1 (birinchi chorak) Median olinmaydi, pastki yarimni olamiz: Pastki yarim: 3, 5, 7, 9 Bu qismning mediani: Q1 = (5 + 7) ÷ 2 = 6 📌Q1 = 6 3️⃣ Q3 (uchinchi chorak) Median olinmaydi, yuqori yarimni olamiz: Yuqori yarim: 13, 15, 17, 19 Bu qismning mediani: Q3 = (15 + 17) ÷ 2 = 16 📌Q3 = 16 ‼️Berilgan ma’lumotlardan foydalanib yuqoridagi savolni ishlashga harakat qiling! Javoblarni izohlar qismida qoldirishingiz mumkin. 💭Roʻyhatdan oʻtish: https://forms.amocrm.ru/rctvrtd "SAT FOUNDATION 1" va “SAT FOUNDATION 2” kitobimiz buyurtmasi uchun: @satislomxonadmin +998 95 828 0233 🤖Bizning BOT: t.me/sat_practice_tests_free_bot 📱Telegram