TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← NewUU | Uzluksiz ta'lim markazi
NewUU | Uzluksiz ta'lim markazi avatar

TGINSIGHT POST

Post #326

@cce_newuu

NewUU | Uzluksiz ta'lim markazi

Ibireba417Umubare w'ibireba
Yoherejwe4 Wer.2026-03-04 13:16
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

‼️‼️‼️ #Language_for_the_future Milliy dastur platformasi endi hamma uchun ochiq: xorijiy tillarni ENG YAXSHI mutaxassislardan o‘rganing! ✅ "Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturi doirasida ishlab chiqilgan hamda mazkur dastur ishtirokchilari uchun mo‘lljallangan milliydastur.uz ta’lim platformasi resurslaridan endi barcha o'quvchilar foydalanishi mumkin. Shuningdek, mazkur platforma bitiruvchi sinflar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan "Language for the future" loyihasi doirasida ham qo‘llaniladi. ➖Bu esa yoshlarni xalqaro imtihonlarga samarali tayyorlash hamda ishonchli ta’lim resurslari bilan ta’minlashga qaratilgan. 🔰Bugungi kunda milliydastur.uz platformasida IELTS va SAT imtihonlariga tayyorgarlik uchun malakali mutaxassislar ishtirokida video darslar joylashtirilgan bo‘lib, ular barcha foydalanuvchilar uchun ochiq va bepul taqdim etilmoqda. 🌐 Ushbu resurslar yoshlarning xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanishi, grant va stipendiya dasturlarida ishtirok etishi uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin