Ibirimo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-213-sonli qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tab, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan, o‘qish davrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida faol ishtirok etayotgan talablarni kontrakt summasining 35 foizini to‘lov tariqasida moddiy yordam ko‘rsatish belgilangan edi. ⚡️Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023-2024 o‘quv yili uchun tavsiyaga talabgor talabalar o‘rtasida test sinovlari o’tkazildi. Test jarayonlari 1 smenada tashkil etildi. Test sinovlarini adolatli va shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi bo’limi nazorat olib bordi. 🌐Bizning sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook