TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2321

@jdpu_yi

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

Ibireba431Umubare w'ibireba
Yoherejwe28 Mut.2025-01-28 16:12
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

“Ulug‘ ajdodlardan meros - shijoat” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” va Sharof Rashidov uy muzeyiga sayohat tashkil etildi. 🖋O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Sharof Rashidov uy muzeyida “Ulug‘ ajdodlardan meros - shijoat” mavzusida faxriylar, harbiylar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” va Sharof Rashidov uy muzeyiga sayohat tashkil qilindi. Uchrashuvida so‘zga chiqqanlar tomonidan atoqli davlat arbobi yozuvchi Sharof Rashidovich hayoti va ijodi uning bosib o‘tgan yo‘li, o‘zbek xalqi uchun olib borgan islohotlari mehnatlarini va hozirgi kunda bu buyuk zotni xotirasini abadiylashtirishda olib borilgan sa’y-harakatlari haqida o‘z fikr va mulohazalar hamda Sharof Rashidovni ikkinchi jahon urushidagi ko‘rsatgan jasorati va vatanparvarligi yuzasidan to‘xtalib o‘tishdi. Uchrashuv qizg‘in savol - javoblarga boy tarzida o‘tkazildi. 🇺🇿 Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi Bizning sahifalarimiz: 💬Telegram📷Instagram💬Facebook