Ibirimo
🖐Qadrli yoshlar! Siz kutgan kun keldi! 🖐 Mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumida ishtirok etishga tayyormisiz? Unda joriy yilning mart – noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan tanlov, loyiha va sport musobaqalarida faol ishtirok eting! Olimpiada doirasida: ✅Madaniyat va san’at (Yoshlar ovozi, Yosh musavvir, Mohir fortepianochi) ✅Sport musobaqalari (Voleybol, Futbol, Stritbol) ✅Kompyuter texnologiyalari va IT (Kibersport) ✅Kitobxonlik (Yosh kitobxon, Yosh kitobxon oila) ✅“Zakovаt”intellektual o‘yinlari ✅Kasb tanlovlari (Dizaynerlik, Novvoychilik, Sartaroshlik, Payvandlash, Elektromontaj) ❗️Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun “Adaptiv” sport turlaridan musobaqalar tashkil etiladi. Olimpiada doirasidagi tanlov va loyihalar10-martdan boshlanadi! 👤Ishtirok etish uchun: 5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting! #Beshtashabbusolimpiadasi Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt