Ibirimo
☀️ Yurakdan qoʻlga – Bahor iliqligi yuraklarda! ☀️🌿 Bahor – tabiat uyg‘onishi, mehr va ezgulik fasli! 🌸 Tez orada Navroʻz! 🎉 Biz bu iliqlikni yuraklardan qoʻllarga uzatishda davom etamiz. Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchi-koordinatorlari bilan 32-maktab internatiga tashrif buyurdik. Bu shunchaki tashrif emas edi... ✨ Bolalar uchun quvonch! ✨ Samimiyatga to‘la suhbatlar! ✨ Qiziqarli o‘yinlar va shirinliklar! ✨ Eng muhimi – mehr va e’tibor! 💚 "Yurakdan qoʻlga" loyihasi davom etadi! Chunki ba’zan kichik bir mehr, shirin bir soʻz, yurakdan berilgan tabassum inson qalbida unutilmas iz qoldiradi. 🌿 🔆 Bahor tabassum bilan chiroyli! 🔆 Navroʻz mehr bilan fayzli! 🔆 Keling, ezgulikni birga ulashaylik! 🤗✨ #YurakdanQoʻlga💞#BahorIliqligi🌿#NavroʻzKelmoqda🎉#MehrUlash💚#BolalarTabassumi😊#JDPU