TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2614

@jdpu_yi

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

Ibireba313Umubare w'ibireba
Yoherejwe10 Mat.2025-04-10 07:36
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#Abdulla_Qodiriy #10_aprel 10-aprel — XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi, 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun! Abdulla Qodiriy asarlari millatparvarlik, ma’rifatparvarlik ruhida yozilgan bo‘lib, jadidchilik g‘oyalari bilan sug‘orilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib so‘zlaydi, millatni uyg‘onishga da’vat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi. „O‘tgan kunlar“ ozarbayjon tilida 1928-yilda, „Mehrobdan chayon“ tojik tilida 1935-yilda, „Obid ketmon“ rus tilida 1935-yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar rus, qozoq, uyg‘ur, tatar, arab, italyan, ingliz, nemis va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelyotir.