Ibirimo
Camplarda CVning ahamiyati. 🔖 1) Sizni bir qarashda baholash vositasi, ariza ko‘rib chiquvchi shaxs bir necha daqiqada CVga qarab, sizning tajribangiz, qobiliyatingiz va loyihalarga mosligingizni aniqlaydi. Camplarda qatnashchilar ko‘pincha ko‘pligi sababli, bu birinchi filter hisoblanadi. 2) Suhbat tayyorgarligi, agar sizni intervyuga chaqirishsa, CV asosida savollar beriladi. Shu sababli CV to‘liq va aniq bo‘lishi sizga ustunlik beradi. Camplarda qatnashish uchun CV ni qaysi qismiga e'tibor berish kerak ? 1) Qisqa “Profile” yoki “About Me” bo‘limi 2–3 jumla bilan kimligingiz va qaysi sohalarga qiziqishingizni ko‘rsatish. Masalan: iqlim faoliyati, tibbiyot tajribasi, volontyorlik. E’tibor sababi: Camp tashkilotchisi bir qarashda sizni tushunishi va mos ekanligingizni ko‘rishi. 2) Hozirgi o‘qish joyi, kurslar, sertifikatlar. Agar maxsus campga mos kurs yoki summer school bo‘lsa, alohida yozish. E’tibor sababi: Sizning akademik tayyorgarligingiz va mavzuga mosligingizni ko‘rsatadi. 3) volunteeringda Men bu joyda volontyorlik qildim deb chegaralib qolmaslik, qanday vazifani bajarganingni ham aytish kerak. ❌ Volunteer bo‘ldim. ✅ 30 nafar ishtirokchi uchun sog‘liq bo‘yicha workshop tashkil qildim va jamoa koordinatori bo'ldim. Buyerda esa professional CV qildirishingiz mumkin 🔖 @camp_foryou