TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3183

@jdpu_yi

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

Ibireba187Umubare w'ibireba
Yoherejwe3 Mat.2026-04-03 14:28
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

👍👍👍👍👍👍 ⭐“Ilhom” mukofoti sovrindori bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilinadi. ✍️“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi. 👉Tanlovda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar (bakalavr, magistr, doktorantlar hamda yosh mutaxassislar) ishtirok etishlari mumkin. 📜 Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari asosidagi dastlabki dastlabki saralash bosqichi hamda respublika bosqichi (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar)lardan iborat. ‼️ Muhim eslatma: Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino yoki sahna asarlari yaratgan, shuningdek, adiblar ijodiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlar rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz tanlovda ishtirok etishlari mumkin. ✅ Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇-o‘rin — BHMning 100 barobari; 🥈-o‘rin — BHMning 80 barobari; 🥉-o‘rin — BHMning 40 barobari. ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish 📝 Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasiga qadar oliy ta’lim tashkilotidagi yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullarga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Bizni kuzating: 📱Instagram| 📺YouTube|🕊Telegram