TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3185

@jdpu_yi

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

Ibireba239Umubare w'ibireba
Yoherejwe6 Mat.2026-04-06 07:55
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#OʻzbekistonYoshlarIttifoqi#YoshlarKelajakBunyodkori 🙋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi — Yoshlar kelajak bunyodkori! 🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan mamlakat yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, bugungi kunda yoshlar uchun 50 dan oshiq yirik loyihalar va 1000 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelmoqda. 🔎Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarga bir qator imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, fidoyi yoshlar, sardorlar va yetakchilarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi. Harbiy xizmatni o‘tagan talabalar uchun kontrakt to‘lovining 35 foizi davlat tomonidan qoplanadi. “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni fidoyi yoshlar uchun ta’sis etilgan. Shuningdek, Oliy sud bilan hamkorlikda, adashib, birinchi marta huquqbuzarlikka qo‘l urgan yoshlar uchun jazoni yengillashtirish yuzasidan iltimosnomalar taqdim etilmoqda. 👋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlar yaratishda davom etadi. 🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali hududingizdagi yoshlar hayotiga oid so‘ngi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring! ➡️Qoraqolpog‘iston Respublikasi - havola ➡️ Andijon viloyati - havola ➡️ Buxoro viloyati - havola ➡️ Jizzax viloyati - havola ➡️ Qashqadaryo viloyati - havola ➡️ Navoiy viloyati - havola ➡️ Namangan viloyati - havola ➡️ Samarqand viloyati - havola ➡️ Sirdaryo viloyati - havola ➡️ Surxondaryo viloyati - havola ➡️ Toshkent viloyati - havola ➡️ Farg‘ona viloyati - havola ➡️ Xorazm viloyati - havola ➡️ Toshkent shahri - havola 🔗Rolikni Full HD'da tomosha qilish Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube