TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3196

@jdpu_yi

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

Ibireba176Umubare w'ibireba
Yoherejwe9 Mat.2026-04-09 15:02
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

Xo‘sh, azizlar! Sizlarga yana bir foydali va ilhom baxsh etuvchi tadbir haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz 🙏 Jizzax viloyatimiz faxri, Yoshlar fronti ofisi Jizzax viloyati mentori, o‘zining yuqori tashabbuskorligi, fidoyiligi hamda faoliyati orqali viloyatimizdagi ayol-qizlarning har tomonlama rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Baxtiyorova Sevinch Doniyor qizi @sevinch_doniyorovna tomonidan bugun maxsus ovozli chat tashkil etiladi. 📌 Mavzu: “Maqola yozish tartibi va uning afzalliklari” 🗓 Sana: 09.04.2026 ⏰ Vaqt: 21:00 Mazkur ovozli chat davomida siz maqola yozishning to‘g‘ri usullari, uning bosqichlari, samarali yozish sir-asrorlari hamda bu ko‘nikmaning shaxsiy va professional rivojlanishdagi o‘rni haqida muhim bilimlarga ega bo‘lasiz. Barcha qizlarimizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! Bu imkoniyatni boy bermang — o‘z ustingizda ishlash sari yana bir qadam tashlang ✨ Hurmat bilan, Jizzax volontyorlari jamoasi 💙 Ovozli chat manzili: https://t.me/baxtiyorovasevinchdoniyorqizi