Ibirimo
📢 “Milliy tadqiqot” amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi eʼlon qilindi! 🗓 Loyihalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 20-martdan 20-aprelgacha 📍 Platforma: loyiha.ilmiy.uz 🔑 Asosiy shartlar: Ilmiy jamoa oʻrtacha yoshi: 45 yoshdan oshmasligi kerak. Vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati talab etiladi. 📌 Tanlov mavzulari orasida: Seysmik hududlarda bino va inshootlarni loyihalash normativlarini Yevropa standartlari bilan integratsiyalash; Orolboʻyi hududidagi ekologik muammolarni sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari asosida baholash; Temuriylar davri manbalari elektron platformasini yaratish; Sunʼiy yoʻldoshlar uchun innovatsion ADCS tizimini ishlab chiqish va boshqa dolzarb ilmiy yoʻnalishlar mavjud. 🆔 Loyiha taqdim etish uchun ScienceID zarur. Roʻyxatdan oʻtish: id.ilmiy.uz ℹ️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun:https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/145424 📢 Bizni kuzating: t.me/djizakinnovation