TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3202

@jdpu_yi

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

Ibireba259Umubare w'ibireba
Yoherejwe10 Mat.2026-04-10 09:02
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#diqqat_tanlov ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ 📢“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” respublika tanloviga arizalar qabuli boshlandi! Innovatsion rivojlanish agentligi oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mazkur tanlovni e’lon qiladi. Tanlovning asosiy shartlari va talablari: ✅ Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar. ✅ Talabgor aniq bir ixtiroga yoki foydali modelga ega bo‘lishi lozim. Ilgari ushbu tanlovda qatnashgan loyihalar qayta qabul qilinmaydi. ✅ Sun’iy intellekt, IT, muhandislik, qayta ishlash, tabiiy fanlar, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, arxitektura va transport logistikasi. ✅ Tanlov uch bosqichda (OTM ichki saralashi —> Hududiy bosqich —> Respublika bosqichi) bo‘lib o‘tadi. ✅ Energotejamkorlik, ekologik tozalik, ijtimoiy ahamiyat, tayyorlik darajasi (maket/prototip), eksportboplik va patent mavjudligi. Arizalar 2026-yil 11-mayga qadar qabul qilinadi. Saralash bosqichi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir kun muddatda g‘olib bo‘lgan talabgorlar arizalarni elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali hududiy bosqichga yuboradilar. ❗️ Muhim: Platformaning majburiy (*) kataklari to‘ldirilmagan yoki muallif bo‘lmagan shaxslar tomonidan yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun loyiha rahbari shaxsan javobgar. 📞 Ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (ichki raqam: 244) 🌐Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn