TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3213

@jdpu_yi

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

Ibireba212Umubare w'ibireba
Yoherejwe16 Mat.2026-04-16 07:33
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#YoshlarIttifoqi#Munozara 🙋 “Munozara” respublika turniriga start berildi! 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi mavsumiga start beradi. 🎓 Turnirda barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin. 💬 “Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida joriy yilning 20-aprel – 2-may oralig‘ida tashkil etiladi. ➡️Turnir nizomi va yo‘riqnomasi ➡️Tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati ➡️Hududiy bosqich reja-grafigi 🎁 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: ➡️ 1-o‘rin – 30 million so‘m; ➡️ 2-o‘rin – 20 million so‘m; ➡️ 3-o‘rin – 15 million so‘m. 🔎 Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube