TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
Ibirimo by'ubutumwa
Ibirimo
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Munozara” respublika turniriga START BERILADI! Universitetimizda talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni rivojlantirish, erkin fikrlash va nutq madaniyatini oshirish maqsadida “Munozara” respublika turniri tashkil etilmoqda. 💬Tanlov bosqichlari: 📅 21–22–23-aprel — Fakultet bosqichi 📅 24-aprel — Fakultetlardan saralangan jamoalar o‘rtasida qura tashlash va mavzularni taqsimlash 📅 27–28–29-aprel — Universitet bosqichi 🎯 Ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar: Fakultetingizdagi yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari yoki fakultet yetakchilariga murojaat qilishingiz so‘raladi. 💡O‘z fikringizni erkin bayon qiling, bahs qiling va g‘olib bo‘ling!