Ibirimo
📢 Diqqat tanlov! 🌍 Choʻlga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum koʻtarilishining oldini olish bo‘yicha amaliy tadqiqot va innovatsion loyihalar tanlovi start oldi. 🗓 Qabul muddati: 31-may 2026-yil 📍 Platforma: loyiha.ilmiy.uz (faqat elektron shaklda) 🔑 Asosiy shartlar: Tanlovda ilmiy-tadqiqot salohiyatiga ega tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Har bir loyiha rahbari faqat bitta loyiha taqdim etadi. Loyiha qiymati 2000 BHM dan oshmasligi kerak. Ilmiy jamoa oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi lozim. Vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati talab etiladi. Yakunda muayyan ilmiy natija yoki mahsulot taqdim etilishi shart. 📚 Yoʻnalishlar: Biologiya va biotexnologiya fanlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari Qishloq xoʻjaligi fanlari Texnika fanlari Yer toʻgʻrisidagi fanlar Boshqa Bizni kuzating: t.me/djizakinnovation