TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3288

@jdpu_yi

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

Ibireba171Umubare w'ibireba
Yoherejwe12 Gic.2026-05-12 07:34
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#Munozara2026#YoshlarIttifoqi#IntellektualTurnir 💬“Munozara” respublika turnirining respublika bosqichi Namanganda o‘tkaziladi 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Munozara” turnirining 2026-yilgi mavsumi respublika bosqichi ishtirokchilari aniqlandi. 📌Turnirning respublika bosqichida hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan quyidagi 18 ta jamoa ishtirok etadi: ➡️ Andijon davlat pedagogika institutining “Intellekt” jamoasi ➡️ Buxoro davlat tibbiyot institutining “Genius” jamoasi ➡️ O‘zbekiston milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi ➡️ Guliston davlat universitetining “Aysberg” jamoasi ➡️ Jizzax davlat pedagogika universitetining “Intellekt” jamoasi ➡️ Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi ➡️ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “Med-Lider” jamoasi ➡️ Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi ➡️ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi ➡️ Namangan davlat universitetining “Namdu liderlari” jamoasi ➡️ Qarshi davlat universitetining “Yuksalish” jamoasi ➡️ Toshkent davlat tibbiyot universitetining “The best” jamoasi ➡️ Samarqand davlat universitetining “Tafakkur” jamoasi ➡️ Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasi ➡️ Urganch davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoasi ➡️ Farg‘ona davlat universitetining “Everest” jamoasi ➡️ Toshkent davlat agrar universitetining “Taraqqiyot” jamoasi ➡️ Navoiy davlat universitetining “Yupiter” jamoasi 🖋 Respublika bosqichi uchun tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati: https://shorturl.at/CEo7C 💳 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: ➡️ 1-o‘rin — 30 million so‘m ➡️ 2-o‘rin — 20 million so‘m ➡️ 3-o‘rin — 15 million so‘m 🎁 Shuningdek, hakamlar xulosasiga ko‘ra, 3 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya g‘oliblari ham aniqlanadi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube