Ibirimo
Jizzaxlik barcha talabalar diqqatiga! Kitobxon talabalarni kashf etish va ularni rag'batlantirish maqsadida tashkil etilayotgan "Kitobxon talaba" tanlovining birinchi mavsumiga START berildi!🎉 📚Ishtirok etish uchun: 15-maydan 10-iyunga qadar Mutolaa ilovasidan ro'yxatdan o'tish kifoya. 🧾 Ro'yxatdan o'tish uchun berilgan muddat ichida e'lon qilingan adabiyotlar o'qib chiqiladi. 🏁Tanlov bosqichlari: ✔️1-bosqich—Fakultet bosqichi: Ishtirokchilar individual tarzda 25 ta yopiq test savollariga javob berishadi. Har bir fakultetda eng yuqori natija ko'rsatgan 6 nafar talaba 2-bosqichga o'tadi. 2-bosqich—Oliy ta'lim bosqichi: ✔️Fakultetlardan saralab olingan talabalardan tuzilgan jamoalar o'rtasida 25 ta Zakovat savollari o'ynaladi. 3-bosqich— Oliy ta'limlar o'rtasida - viloyat bosqichi: ✔️Har bir oliy ta'lim muassasalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 1-2-3 o'rin jamoalar o'rtasida 30 ta savol. Tanlov kitoblari: 1."Atom odatlar" — Jeyms Klir 2."Qo'rqma" —Javlon Jovliyev 3."Martin Iden"—Jek London Savollar va testlar mana shu kitoblar asosida tuziladi. Viloyat bosqichi g'oliblari uchun sovrinlar 🥇-o'rin uchun 12 000 000 so'm 🥈-o'rin uchun 10 000 000 so'm 🥉-o'rin uchun 8 000 000 so'm pul mukofotlari ⚫️Tanlov nizomi bilan tanishing. 🔅Sizdan birgina talab 10-iyunga qadar atigi 3 dona kitoblarni o'qish va pul mukofotlariga ega bo'lish. Tanlovda barchaga omad 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube📱Facebook