TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
Subira ku nzira
Jizzax IIB JXX YHXB avatar

TGINSIGHT CHAT

Jizzax IIB JXX YHXB

@jizzax_ypx

Amakuru n'Itangazamakuru

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Abiyandikishije2,900Abiyandikishije bari mu nzira
Ubutumwa766Ubutumwa bwahuguriwe
Icyagezweho4,875Ibireba ubutumwa bw'ubu
Ubutumwa bw'ubu

Ubutumwa bw'ubu

Uk. 1 kuri 64 · ubutumwa 766

Yoherejwe 24 Mat.

#Ижтимоий_ролик_Ҳаёт_қадри Азиз болажонлар, йўл ҳаракати қоидаларига риоя этинг! Ушбу ролик Ш.Рашидов тумани М ва МТБга қарашли 13-сонли умумтаълим мактабининг ўқувчилари томонидан АИ ёрдамида тайёрланди. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

150 views

Yoherejwe 24 Mat.

#Долзарб Жиззах вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХ бошқармасининг Қидирув ва суриштирув бўлими ходимлари томонидан транспорт воситаларига "Тюнинг" хизматини кўрсатувчи шахобчаларида профилактик ишлар олиб борилмоқда. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

233 views

Yoherejwe 23 Mat.

#Ёшлар_куни "Ёшлар куни" доирасида ўқувчи ёшлар учун автомактабнинг амалий машқ майдонида автомобиль йўлларида пиёдаларнинг хавфсизлигини таъминлаш юзасидан ўқув машғулоти ташкил этилди. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

281 views

Yoherejwe 23 Mat.

#Ёшлар_куни Пайшанба "Ёшлар куни" муносабати билан Жиззах вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ томонидан талаба ёшлар ўртасида ҳаракатланиш маданиятини шакллантириш ҳамда бугунги кунда ҳаракат хавфсизлигини таъминлашда рақамли технологиялар ва сунъий интеллектнинг ўрни мавзусида профилактик тадбир ташкил этилди. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

907 views

Yoherejwe 23 Mat.

#Ёшлар_куни Жиззах вилояти ҳамда шаҳар ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари томонидан пайшанба "Ёшлар куни" доирасида автомобиль йўлларида ўқувчи ёшларнинг хавфсизлигини таъминлаш мақсадида нур қайтарувчи фликерлар тарқатилди. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

828 views

Yoherejwe 23 Mat.

“Hayot qadri”. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan shu nomdagi ijtimoiy roliklar tanlovi oʻtkazildi. Payshanba – yoshlar kunida tanlov gʻoliblari taqdirlandi. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

415 views

Yoherejwe 23 Mat.

Jizzax viloyati IIB JXX YHXB tomonidan Jizzax shahri yoshlari oʻrtasida “Hayot qadri” ijtimoiy roliklar tanlovi oʻtkazildi. Tanlov yoʻl harakati xavfsizligi madaniyatini oshirishga qaratildi. Oʻquvchilar tayyorlagan videolarda qoidalarga rioya qilish va ehtiyotsizlik oqibatlari yoritildi. Yoshlar kunida oʻtkazilgan taqdirlash marosimida gʻoliblar diplom va sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi. Tadbirda yoʻl harakati xavfsizligi tadbirlarida faol qatnashgan umumtaʼlim maktablari jamoalari va oʻquvchilar ham munosib ragʻbatlantirildi. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

419 views

Yoherejwe 23 Mat.

“Yoʼl qoidasi – umr foydasi” shiori ostida targʼibot tadbirlari oʼtkazildi Payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida Jizzax viloyati IIB huzuridagi Qoʼriqlash xizmati tomonidan viloyat, shahar va tuman rahbarlari ishtirokida umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari uchun targʼibot seminarlari tashkil etildi. “Yoʼl qoidasi – umr foydasi” shiori ostida oʼtkazilgan mazkur tadbirlarda oʼquvchilarga yoʼl harakati qoidalariga amal qilishning ahamiyati, yoʼl belgilari, svetoforlar hamda yoʼl chiziqlariga rioya etish zarurligi haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoʼl-transport hodisalarida jabrlanuvchilar orasida bolalar ulushi yuqori ekani misollar bilan tushuntirilib, bunday holatlarning oldini olish har bir insonning masʼuliyati ekani qayd etildi. Tadbir davomida oʼquvchilarga piyoda va transportda harakatlanishda qoidalarga qatʼiy rioya qilish orqali oʼzi va atrofdagilar xavfsizligini taʼminlash mumkinligi uqtirildi. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

599 views

Yoherejwe 23 Mat.

#Ёшлар_куни Забдор тумани ИИБ ЙҲХБ ходимлари томонидан пайшанба "Ёшлар куни" доирасида ёшлар иштирокида содир этилиши мумкин бўлган йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш юзасидан кенгайтирилган тарғибот тадбири ташкил этилди. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

195 views

Yoherejwe 23 Mat.

✨Mirzacho‘lda “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi 📊Mirzacho‘l tumanidagi 1-son umumta’lim maktabida “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, Yo‘l patrul xizmati mas’ullari, tuman Vatanparvar tashkiloti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. ☘️Ayniqsa, keyingi paytlarda o‘quvchilar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalaridan kelib chiqib, yo‘l harakati xavfsizligi, hushyorlik va mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan o‘quvchilarga yo‘llarda harakatlanish qoidalariga qat’iy amal qilish, piyoda va velosipedda harakatlanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, transport vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha muhim tushuntirishlar berildi. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

252 views

Yoherejwe 23 Mat.

#Ижтимоий_ролик Шошқалоқлик аянчли оқибатларга олиб келиши мумкин! Ушбу ролик Жиззах шаҳар М ва МТБга қарашли 10-сонли мактаб ўқувчилари томонидан тайёрланди. 👮🏼‍♂️👉🏼@Jizzax_YPX

320 views

Yoherejwe 23 Mat.

🚨🚦TARG‘IBOT TADBIRI! 🚦🚨 🎯 Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda! 📍 Arnasoy tumani kutubxona markazi yonida uyushmagan yoshlar ishtirokida ta’sirchan avtokarvon tashkil etildi. 👮‍♂️ Tadbir Arnasoy tumani IIB JXX YHXG katta inspektori, kapitan F. A. Mirzabekov boshchiligida o‘tkazildi. 🚛 Avtokarvon davomida: ⚠️ Yo‘l-transport hodisalari oqibatida jiddiy shikastlangan avtomobillar ortilgan evakuatorlar harakatlandi 🚨 Bu orqali yo‘l qoidalariga amal qilmaslik qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi amalda namoyish etildi 👥 Tadbir uyushmagan yoshlar ongiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ularni hushyorlikka, yo‘lda mas’uliyatli bo‘lishga undadi. 💡 Asosiy maqsad: 🔹 Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish 🔹 Yoshlar o‘rtasida xavfsiz harakat madaniyatini shakllantirish 🔹 Hayot qadrini anglatish 🚦 Unutmang! 👉 Birgina xato — og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin! 👉 Yo‘lda ehtiyotkorlik — bu hayot garovi!

276 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••6364
IbanzirizaUk. 1 kuri 64Ikurikira