TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
← SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May
SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May avatar

TGINSIGHT POST

Post #1031

@satislomxon

SAT ecosystem by Islomxon Saidov | 25-May

Ibireba4,210Umubare w'ibireba
Yoherejwe4 Kam.2025-06-04 13:17
Ibirimo by'ubutumwa

Ibirimo

#qabul_2025 #Al_Beruniy 🔔 DIQQAT, E’LON! 🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilidan yangidan tashkil etilayotgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga 9-sinf uchun hujjatlar qabuli shu yilning 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. 📍Mazkur maktab joriy o‘quv yilida Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etiladi va ushbu maktabga imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan jami 60 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. 📝Ushbu maktabga imtihonlar shu yilning iyul-avgust oylarida ikki bosqichda: ➖birinchi bosqichda matematika hamda ingliz tili fanlaridan; ➖ikkinchi bosqichda saralab olingan 300 nafar talabgorlardan ingliz tilida yozma ish yozishlari talab etiladi. 🤖@piima_admission_chatbot ☎️Call-markaz: 1206yoki +998 78 1137789 @alisher_ubbiyev